XALQ DEPUTATLARI DANGʻARA TUMANI KENGASHINING
Qarori
“Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi 295-son qaroriga muvofiq, Dangʻara tumani hududidagi koʻcha nomlarini davlat reyestiriga kiritish toʻgʻrisida
“Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlarini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 295-sonli qaroriga, Dangʻara tumani hokimligi huzuridagi Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha komissiyasi tomonidan xatlov natijalariga asosan, nomsiz koʻchalarni nomlash boʻyicha taklif tayyorlanib, Fargʻona viloyati hokimligi huzuridagi Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Respublika toponimika xizmatiga 2026-yil 18-fevral kuni 06-7/1832-sonli aloqa xati bilan “Geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqida” ekspert xulosasini olish uchun yuborildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasi tomonidan olib borilgan oʻrganish natijasiga koʻra, shuningdek, tegishli qonun hujjatlari talablaridan kelib chiqib, 2026-yil 16-mart kungi 03/08-2614-sonli aloqa xati, 2026-yil 12-mart kungi 05-19-4406-sonli xulosasiga asosan, 561 ta koʻcha (koʻcha, berk koʻcha,tor koʻcha) qonun hujjatlari talablariga “muvofiq” deb topilib, belgilangan tartibda ijobiy xulosalar olindi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, shuningdek, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga asosan, xalq deputatlari Dangʻara tumani Kengashi, qaror qiladi:
1. “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi 295-son qaroriga muvofiq Dangʻara tumani “Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha hududiy komissiyasining 2026 yil 25-apreldagi 12313-sonli yigʻilish bayoni hamda tuman hokimining 2026 yil 26-mart kungi 121-sonli xati inobatga olinsin.
2. Dangʻara tuman komissiyasi tomonidan geografik obyektlarni qayta nomlash boʻyicha taqdim etilgan hamda qonun talablariga muvofiq deb topilgan geografik obyekt (koʻcha, berk koʻcha, tor koʻcha) nomlari 1-ilovaga asosan tasdiqlansin, shuningdek, belgilangan tartibda davlat reyestri bazasiga kiritilsin.
3. Dangʻara tumani hokimligi Axborot xizmati (U. Usmonov), “Dangʻara” gazetasi bosh muharriri (Oʻ. Akbarova) ushbu qarorni keng ommaga yetkazish tavsiya etilsin.
4. Belgilansinki, ushbu qaror ommaviy axborot vositalarida rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
5. Mazkur qaror bajarilishiga tuman hokimining oʻrinbosari T. Salimov, Kadastrlar palatasi filiali rahbari J. Meliyev shaxsan masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin.
6. Ushbu qaror bajarilishining nazorati Xalq deputatlari Dangʻara tumani Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasi raisi N. Mahkamov zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi DADABOYEV KAYUM KADIROVICH
Fargʻona viloyati, Dangʻara tumani,
2026-yil 14-may,
VII-23-30-11-155-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.