26.05.2026 yildagi VII-23-55-8-119-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI SHEROBOD TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori 7-bandining ijrosi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sherobod tumanida 60,0 km xoʻjaliklararo kanal va xoʻjalik ichki 1321 km kanal mavjud boʻlib, tumandagi 39197 gektar sugʻoriladigan maydonlarni suv bilan taʼminlaydi, shundan gʻalla, 11700 ga, paxta 7000 ga, bogʻ 8213 ga, boshqa ekinlar va aholi tomorqalari 7534 gektar maydonga suv yetkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirgi kunda tumanda 2026 yil hosili uchun ekilgan 11700 gektar oziqlangan gʻalla maydonlari peshma-pesh sugʻorilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanda 2026-yil oʻng tarmoq kanali 10 km qismidagi rekonstruksiya qilish ishlari davom ettirilmoqda va R-16 kanalining 15,7 km betonlash va gidroinshootlari bilan birgalikda rekonstruksiya qilish rejalashtirilib loyihalash ishlari bajarilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv tanqisligini oldini olish maqsadida Tallashqon hududidagi “Oltin Don Tuhfasi” fermer xoʻjaligidan 2,6 gektar maydonga loyihada 2 milliard soʻmlik 65 ming m3 suv sigʻimli hovuz qazish rejalashtirilib, loyihalash ishlari bajarilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hovuz uchun ajratilgan 2,6 gektar yer maydonini fermer xoʻjaligi balansidan chiqarish ishlariga amaliy yordam berishingizni soʻraymiz.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-2026 yillar taʼmirlash davrida tumanda tashkilotimiz balansidagi 34 km ichki kanallarni betonlashtirish rejalashtirilgan boʻlib, hozirda toʻliq betonlashtirish ishlari yakunlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Klaster va fermer xoʻjaliklari balansidagi ichki sugʻorish tarmoqlarini betonlash rejasi 252 km boʻlib, hozirda toʻliq bajarildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sherobod tumani boʻyicha 2026 yilda xoʻjaliklararo irrigatsiya tarmoqlarini tozalash chora-tadbirlari rejasi 11,0 km amalda 11,0 km bajarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Klaster va fermer xoʻjaliklari balansidagi ichki sugʻorish tarmoqlarini tozalash chora-tadbirlari rejasi 43,8 km amalda 43,8 km tozalangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GTI taʼmirlash rejasi 5 dona amalda 5 dona, GP taʼmirlash rejasi 7 dona, amalda 7 dona taʼmirlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sherobod tumanida 2026 yil jami 3764 gektar maydonga suv tejovchi texnologiya joriy qilish rejalashtirilgan boʻlib, shundan tomchilatib sugʻorish 332 gektar, paxta 200 ga maydonini Shinjon usulida sugʻorish, bogʻ 78 ga, tok 54 ga gʻallaga yomgʻirlatib sugʻorish 290 ga, diskret sugʻorish 250 ga, egiluvchan quvur 600 ga, egatga plyonka toʻshab sugʻorish 800 ga va lazerli tekislash 1492 gektarni tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yil davomida tumandagi 40 gektar gʻalla maydoniga yomgʻirlatib sugʻorish, 60 gektar paxta maydoniga kavsar sugʻorish va 40 gektar paxta maydoniga egiluvchan quvur bilan sugʻorish texnologiyalari joriy etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori 7-bandining ijrosi yuzasidan Sherobod tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi rahbari N.Karimovning hisoboti tinglanib, bildirilgan fikr va mulohazalardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.“AMU-SURXON” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshligʻi B. Alimovning 2026-yil 24-martdagi № 31-sonli Buyruqi hamda Sherobod tuman” Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori N. Karimovning 2026-yil 19-martdagi dagi № 01-05-136-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 2024 yil 5-yanvar kunidagi PQ-5-sonli qarorining tumanda ijrosi boʻyicha Sherobod tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori N. Karimov hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sherobod tuman Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi rahbari N. Karimov tomonidan ishlab chiqilib, tasdiqlangan Sherobod tumani hududlaridagi suv isteʼmolchilarining 2026-yil 1-apreldan 1-oktabrga qadar sugʻorish mavsumidagi cheklangan suv limiti jadvali 1-2-3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sherobod tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi rahbari (N. Karimov) ushbu suv limiti hajmi amaldagi qonunchilikka muvofiq ishlab chiqilgani, shuningdek, tuman Kengashiga taqdim etilgan hujjatlar haqqoniyligi uchun shaxsan javobgar etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman hokimligi axborot xizmati (A. Toshtemirov) hamda “Sherobod hayoti” gazetasi tahririyati (P. Muhammadiyev)ga Sherobod tumani hududlaridagi suv isteʼmolchilarining 2026-yil 1-apreldan 2026-yil 1-oktabrga qadar sugʻorish mavsumidagi cheklangan suv limiti haqida ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha doimiy komissiyasi (Q. Raxamov)ga, ijrosini taʼminlash esa Sherobod tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi rahbari (N. Karimov) zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qaror ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi TURSUNOV OTABEK TOJIYEVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 26-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-23-55-8-119-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.