OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK VAZIRLIGINING
QARORI
Akademik litsey va texnikumlar boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 25-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3119-6]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son “Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2025-yil 23-oktabrdagi PF-190-son “Kasbiy taʼlim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlari hamda 2025-yil 23-oktabrdagi PQ-316-son “Kasbiy taʼlim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligining 2018-yil 29-dekabrdagi 78-q/q, 13/qq, 32-q/q, 162-son qarori (roʻyxat raqami 3119, 2019-yil 11-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2019-y., 10/19/3119/2469-son) bilan tasdiqlangan Akademik litsey va texnikumlar boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu qarorga ilovaning 2-bandi “b” kichik bandi 2027-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. SHARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 6-may,
26-q/q-son
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2026-yil 5-may,
360-son
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. ZAXIDOV
Toshkent sh.,
2026-yil 30-aprel,
17-2026-q/q-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 6-maydagi 26-q/q-son, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2026-yil 30-apreldagi 17-2026-q/q-son va Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 5-maydagi 360-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Akademik litsey va texnikumlar boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. I bobning 10-pozitsiyasidagi “Kotiba” degan soʻz “Kotib” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. Ilovada:
a) 1-bandning birinchi xatboshisi “dual taʼlim shakllarida” degan soʻzlardan keyin “, shuningdek xalqaro va qoʻshma taʼlim dasturlarida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
b) 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22. Texnikumlarda ishlab chiqarish taʼlimi ustasi lavozimini kiritishda bir nafar ishlab chiqarish taʼlimi ustasiga toʻgʻri keladigan oʻquvchilar sonining cheklangan normativi 1:20 nisbatda belgilanadi.”;
d) 26-banddagi “2019-yil 17-apreldagi 325-son qarori bilan tasdiqlangan Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, taʼlim tashkilotlarini hisobga olish, imtihonlarga kirish va uni oʻtkazish hamda qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini boshqarish huquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda” degan soʻzlar “2023-yil 29-apreldagi 170-son qarori bilan tasdiqlangan Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yoʻnalishidagi taʼlim tashkilotlarini hisobga olish hamda traktorchi-mashinist guvohnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026 y., 10/26/3119-6/0536-son)