XALQ DEPUTATLARI ANGOR TUMANI KENGASHINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi «Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-5-son qarori ijrosi toʻgʻrisida
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan oxirgi besh yilda suv xoʻjaligi sohasini rivojlantirish, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha qator farmon va qarorlari qabul qilinib, ularning natijasida yangi sugʻorish texnologiyasini joriy etgan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarini ragʻbatlantirish uchun davlat tomonidan subsidiyalarni ajratish mexanizimining yoʻlga qoʻyilishi, qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun bir qator imtiyozning yaratilishi sugʻoriladigan dehqonchilik yoʻnalishining rivojlanishida tub burilish yasadi.
Viloyatimizda sugʻorishga foydalaniladigan suv resurslarining 80 foizi qoʻshni davlatlar hududida shakillanadi. Angor tumaniga suv Amudaryo havzasidan suv oluvchi Zang kanali orqali va Uchqizil suv ombori orqali kirib keladi.
Tumanda 1 ta klaster, 27 ta fermer xoʻjaligi, 91 ta bogʻdorchilik va 1277 ta dehqon xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatmoqda. Tumanda 21134,75 gektar sugʻoriladigan ekin yerlari mavjud boʻlib, shundan, 4450 gektar paxta, 6000 gektar gʻalla, 1207,68 gektar bogʻdorchilik, 656,27 gektar tutzor, 6077 gektar aholi tomorqalari va 2743,8 gektar boshqa ekin maydonlarida qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtirilib kelmoqda.
Qishloq xoʻjaligiga ajratilgan yerlarni sugʻorish, ikkiga boʻlinadi, bu nosugʻorish va sugʻorish mavsumlari deb ataladi. Nosugʻorish mavsumi 1-oktabrdan 31-martgacha, sugʻorish mavsumi 1-apreldan 30-sentabrgacha davom etadi. Nosugʻorish va sugʻorish mavsumlari uchun suvga boʻlgan talab oʻrganilib, isteʼmolchilar kesimida suv olish limitlari ajratiladi.
Tumanda 74.8 km xoʻjaliklararo kanallar, 680 km ichki sugʻorish tarmoqlari mavjud boʻlib, shundan 63.78 kilometri tuproq oʻzanli boʻlgani uchun 30 foiz suv yoʻqotilayapti.
2025-yilda Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi balansidagi xoʻjaliklararo kanallarni tozalash 26 km rejasi 100 foizga, kanallardagi 27 dona gidrotexnik inshoot va 24 dona gidropostlarni taʼmirlash rejasi amalda toʻliq 100 foiz bajarildi.
2026-yil sugʻorish mavsumi uchun tuman chegarasiga 139.4 mln.m3 suv limiti ajratilgan boʻlib, shundan sanoat, kommunal xoʻjaligi va boshqa ehtiyojlar uchun 5 mln. m3, sugʻorish uchun 134.4 mln. m3 ajratilgan boʻlib, suv isteʼmolchilardan yuridik shaxslarga 63.034 mln.m3 suv, mahallalarga 74.8 mln.m3 suv, baliqchilikni rivojlantirish uchun 0.194 mln.m3 suv va dehqon xoʻjaliklari uchun 1.9 mln.m3suv limitlari ajratiladi.
Tumanda joriy yilda jami 3475 gektar maydon suvni tejaydigan texnologiyalarni asosida sugʻorish rejalashtirilgan boʻlib, shundan tomchilatib sugʻorish 1200 gektar, 240 gektar maydonda yomgʻirlatib sugʻorish, 135 gektar maydonda diskret sugʻorish, 460 gektar maydonda egiluvchan quvurlar bilan sugʻorish, 640 gektar maydonda egatga plyonka toʻshab sugʻorish hamda 800 gektar maydonni lazerli tekislash asosida ekinlar ekishni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda yangi, zamonaviy suv tejamkor texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish dolzarb vazifamizga kiradi.
“Agrobank” ATB tomonidan suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarni joriy qilish boʻyicha shaffof onlayn kredit ajratish imkonini beruvchi “suvkredit.uz” elektron tizimi platformasi toʻliq ishga tushirildi.
Bundan tashqari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi paxta- toʻqimachilik klasteri, fermer xoʻjaliklari va dehqon xoʻjaliklariga suvni tejaydigan sugʻorish texnolgiyalarni joriy qilingan har bir gektariga 8-11 mln. soʻm miqdorida davlat tomonidan subsidiya mablagʻlari ajratilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-son qarorining ijrosini taʼminlash, suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali aholi ongida shakllangan “suv–tekin” tushunchasidan voz kechish hamda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini kengaytirilgan tartibda joriy etishni tashkillashtirish maqsadida vegetatsiya davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun tasdiqlangan suv olish limitlarini hududlar kesimida ijrosi, shuningdek, suv resurslarini boshqarish, suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini yaxshilash, shuningdek, tumanda suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etish holati, suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori Ch.Rajabovning hisobotini hamda joriy yil sugʻorish mavsumida yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlari boʻyicha kiritilgan takliflarni eʼtiborga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Suv resurslarini boshqarish, suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini yaxshilash, shuningdek, tumanda suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etish holati toʻgʻrisidagi hisoboti boʻyicha tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori Ch.Rajabovning oʻtgan mavsumda amalga oshirilgan ishlari qoniqarli deb topilsin.
2. Tuman hokimligi (I. Nazarov), tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi (Ch. Rajabov)ga:
tuman hududida qurilgan suvni tejaydigan sugʻorish texnolgiyalarni amalda foydalanishi, ularning saqlanishi boʻyicha ishlarni nazoratga olish; suvdan foydalanuvchilar va oʻzlarining tasarrufidagi nasos agregatlariga oʻrnatilgan elektrodvigatellarning barchasini zamonaviy kam elektr energiya isteʼmol qiladigan elektrodvigatellariga almashtirish choralarini belgilash; klaster va fermerlar xoʻjaliklarining rejalashtirilgan gidrotexnik inshootlarni taʼmirlash boʻyicha rejalashtirilgan 167 km ariqlarni betonlash, 14 ta gidropost inshootlarni taʼmirlash, klaster va fermerlarning 12 ta suv olish quloqlarini jihozlash ishlari boʻyicha rejalashtirilgan ishlarni xoʻjaliklar kesmida nazorat qilish;
bu sohada amalga oshirilayotgan ishlarni haftalik tahlil etish va yil yakuniga qadar rejalashtirilgan ishlarni toʻliq muddatlarida yakunlash choralarini belgilash;
amalga oshirilgan ishlar boʻyicha xalq deputatlari tuman Kengashiga har chorakda axborot kiritib borish topshirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “Soliq va budjet siyosatining 2026-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan “Oʻzbekiston Rspublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1108-son Qonuniga asosan qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliqlarni oʻstirish (yetishtirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan, dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi yerlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun bazaviy hisoblash miqdori suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 1 kub metr suv uchun 100 soʻm etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Angor tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan joriy yil sugʻorish mavsumi uchun tuman chegarasidan olinadigan 139,4 mln.m3 suv olish limitlarini, 134,4 mln.m3 suvni 1558 ta isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlari hududlar kesimida ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Tumandagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi suv isʼtemolchilariga isteʼmol qilingan suv miqdori hisobini yuritmagan (yuritishdan bosh tortgan) qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun suv soligʻi bazasi xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlangan limitlarga nisbatan ikki barobar oshirilgan holda hisoblanishi belgilab qoʻyilsin.
6. Mazkur sessiya qarorini ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Angor tumani Kengashining agrar, suv xo“jaligi va ekologiya masalalari bo“yicha doimiy komissiyasi raisi (R. Primkulov) hamda tuman hokimining oʻrinbosari (I. Nazarov)lar zimmasiga yuklatilsin.
7. Mazkur qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Kengash raisi QUZIMURATOV ABDISALOM JAVLIYEVICH
Surxondaryo viloyati, Angor tumani,
2026-yil 30-aprel,
VII-21-40-8-109-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.