XALQ DEPUTATLARI BANDIXON TUMANI KENGASHINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining tumandagi ijrosi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining tumandagi ijrosini taʼminlash, suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali aholi ongida shakllangan “suv — tekin” tushunchasidan voz kechish hamda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini kengaytirilgan tartibda joriy etishni tashkillashtirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari hamda hududiy qishloq xoʻjaligi boshqarmalari har yili 1-aprelga qadar vegetatsiya davri uchun va 1-oktyabrga qadar kuz-qish davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman Kengashlariga kiritilishi belgilanganligi boʻyicha tartibga koʻra taqdim etilgan maʼlumotlarni xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan bildirilgan takliflarni eʼtiborga olib, xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “Soliq va budjet siyosatining 2026-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1108-sonli Qonuniga asosan Qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliqlarni oʻstirish (yetishtirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi yerlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 1 kub metr suv uchun 107 soʻm etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Bandixon tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan joriy yil vegetatsiya davri uchun tuman chegarasidan olinadigan suv olish limitlarini, kanallardagi suv yoʻqotishlarni inobatga olib 27 foizga kamaytirgan holatda isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlari hududlar kesimida 1-, 2-, 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
4. Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Bandixon tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi (A.Mamatov)ga:
tumanda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bir yilda ikki marta xalq deputatlari tuman Kengashlariga hisobot berib borishi:
5. Tumandagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi suv isʼtemolchilariga isteʼmol qilingan suv miqdori hisobini yuritmagan (yuritishdan bosh tortgan) qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun suv soligʻi bazasi xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlangan limitlarga nisbatan ikki barobar oshirilgan holda hisoblanishi belgilab qoʻyilsin.
6. Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 2026-yil 8-yanvardagi № VII-17-1-8-211-K/26-son qarorining 5-bandiga quyidagicha oʻzgartirish kiritilsin:
qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi (O. Ishpoʻlatov) zimmasiga yuklatilsin hamda qaror qabul qilingan kundan kuchga kirgan deb hisoblansin.
7. Tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari — davlat tili maslahatchisi (Z. Pardayev), “Yangi Bandixon” gazetasi tahririyati (A. Rajabov)larga: mazkur qarorning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish tavsiya etilsin.
8. Ushbu yigʻilish qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
9. Ushbu qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Kengash raisi JURAYEV ERKINJON NORMURODOVICH
Surxondaryo viloyati, Bandixon tumani,
2026-yil 5-may,
VII-21-42-8-211-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.