XALQ DEPUTATLARI BOYSUN TUMANI KENGASHINING
Qarori
Boysun tumanidagi fermer xoʻjaliklari va boshqa suv isteʼmolchilarga 2026-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Boysun tumanidagi fermer xoʻjaliklari va boshqa suv isteʼmolchilarga 2026-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida Boysun tuman“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori E.Qulmirzayevning hisoboti hamda “Oʻzbekiston ekologik partiyasi” Boysun tuman Kengashining takliflari xalq deputatlari Boysun tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasida tinglanib hamda muhokama qilinib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari Boysun tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-son “Quyiboʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Boysun tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori E.Qulmirzayevning hisoboti hamda 2026-yil 16-martdagi 44-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Boysun tumanidagi fermer xoʻjaliklari va boshqa suv isteʼmolchilarga 2026-yil vegetatsiya davri uchun ajratilgan suv limiti va haqiqiy olinadigan suv miqdori toʻgʻrisidagi Boysun tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori E. Qulmirzayevning taklifi inobatga olinsin.
3. Boysun tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori E.Qulmirzayevning taklifiga asosan tumanidagi fermer xoʻjaliklari va boshqa suv isteʼmolchilarga 2026-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari boʻyicha cheklangan suv taqsimoti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tuman hokimining oʻrinbosari M. Qodirov hamda tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori E. Qulmirzayevlarga:
ajratilgan suv olish limitlari doirasida irrigatsiya tizimi tuman suv yetkazib berish xizmati alohida ahamiyatga ega boʻlgan suv obektlarining suv manbalari, iqtisodiyot tarmoqlari va har bir suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchilar kesimida ularning suvga boʻlgan talablari asosida belgilangan suv olish limitlarini tasdiqlab, har bir suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchilariga yetkazsin;
2026-yil uchun suv isteʼmolchilari bilan ularga ajratilgan suv olish limitlari doirasida suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomalarni, ikki tomonlama dalolatnomalarni rasmiylashtirish “SUVHISOBI.uz” yagona elektron tizimi orqali amalga oshirilishi belgilangansin;
suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomani tuzishda;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish (aholi tomorqa yerlari bundan mustasno) vositalari bilan jihozlash;
suv olish limitlari asosida suvdan foydalanish yoki suv isteʼmolining tasdiqlangan rejasi (kommunal-maishiy suv taʼminotidagi fuqaraolar bundan mustasno);
suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun berilgan ruxsatnomalarning boʻlishi majburiy talab hisoblanishi eʼtiborga olinsin;
suv resurslarini samarali boshqarish maqsadida barcha suv olish nuqtalaridagi gidropostlarning mavjudligi va sifatli taʼmirlanganligini koʻrib chiqib, mavjud kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etsin hamda har bir suv olish inshootlari jihozlanishini taʼminlasin;
suvni samarali boshqarish va ulardan maqsadli hamda tejamli foydalanish boʻyicha oʻquv seminar va tushintirish ishlarini olib borsin;
har bir suv olish inshooti, nasos stansiyasi boʻyicha suvning ikki (uch) tomonlama kundalik hisob jurnali, hisobi va hisobotini belgilangan tartibda olib borishini taʼminlasin.
5. Tuman hokimining oʻrinbosari M. Qodirov, tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori E. Qulmirzayev bilan hamkorlikda suvdan maqsadli va samarali foydalanish vazifasi yuklatilsin.
6. Tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi joylarda suv resurslarini samarali boshqarish va ulardan maqsadli foydalanish boʻyicha monitoring olib borilishini hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrish va suv yetishmovchiligining oldini olish boʻyicha masʼul etib belgilansin.
7. Tuman hokimligi axborot xizmati (Y. Xoliyorov), “Boysun” gazetasi tahririyati (D. Oripov) bilan birgalikda mazkur qarorning “Boysun” gazetasida rasman eʼlon qilinishi hamda hokimlik veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlasin.
8. Ushbu qarorning bajarilishini taʼminlash vazifasi tuman hokimining oʻrinbosari M. Qodirov va qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiya F. Tursunqulovlar zimmasiga yuklatilsin.
9. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi XAITOV BEKMUROT KARIMOVICH
Surxondaryo viloyati, Boysun tumani,
2026-yil 8-may,
VII-23-36-8-110-K/26-son