19.05.2026 yildagi VII-21-49-8-121-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Termiz shahridagi ayrim koʻchalarning nomlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi 295-son “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2026-yil 11-martdagi 05-19-4299-sonli “Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqida ekspert xulosasi”ni koʻrib chiqib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6- va 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari shahar Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Respublika Kadastr agentligining 2026-yil 11-martdagi 05-19-4299-sonli “Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqida ekspert xulosasi” maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Termiz shahrida nomlari tasdiqlanayotgan koʻchalarning roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat Kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Termiz shahar filiali (lavozimiga koʻra), shahar Statistika boʻlimi (Yu.Turdiyev) shahar hokimligi bilan birgalikda nomlari tasdiqlanayotgan koʻchalarni, shuningdek, yangidan nomlangan koʻchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va elektron bazani shakllantirish, ish yuritish hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish bilan bogʻliq barcha tadbirlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shahar Ichki ishlar boshqarmasi (M. Boltayev), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi shahar boʻlimi (F. Abdumannotov) tegishli mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari bilan birgalikda ayrim geografik obyekt (koʻcha)larning nomlari tasdiqlanganligi, nomlanganligi sababli fuqarolarning fuqarolik pasportlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish hamda mazkur hudud aks ettirilgan yoʻl belgilariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish ishlarining tashkiliy ravishda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi yuzasidan taʼsirchan chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Geografik obyektlarga doir ayrim munosabatlarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 30-iyuldagi 475-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Koʻcha nomi va koʻchmas mulk obyekti raqami koʻrsatkichini oʻrnatish tartibi toʻgʻrisida” Nizomga koʻra, Termiz shahridagi barcha koʻchalar, uylar, koʻp kvartirali turar joylar uchun tegishli koʻrsatkichlar masalasida quyidagi tartib oʻrnatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatkichlar Davlat Kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Termiz shahar filiali (lavozimiga koʻra) axborotlari asosida Termiz shahar Obodonlashtirish boshqarmasi (B.Ergashov) tomonidan tayyorlanadi va oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatkichni tayyorlash va oʻrnatish bilan bogʻliq xarajatlar mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi qurilgan, rekonstruksiya qilingan va taʼmirlangan koʻchalar, uylar, koʻp kvartirali turar joylar uchun koʻrsatkichlarni tayyorlash va oʻrnatish bilan bogʻliq xarajatlar qurilish tashkiloti yoki obyekt egasining oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻcha-yoʻl tarmogʻi elementlari nomi oʻzgartirilgan taqdirda, bu borada xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining tegishli qarori qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida koʻrsatkichlar almashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki, tasdiqlangan geografik obyekt (koʻcha)lar nomlari shahar hududida toʻgʻri va toʻliq yuritilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shahar hokimligi Axborot xizmati (A. Qosimova) hokimlik rasmiy veb-saytiga, “Termiz oqshomi” gazetasi tahririyati (A. Radjabov) Termiz shahrida nomlari tasdiqlangan koʻchalarning roʻyxatini ijtimoiy tarmoqlarga rasman eʼlon qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (X. Xolmuminov) zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qaror tasdiqlangan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi NORMURADOVA DILBAR ABDIKOSIMOVNA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati, Termiz sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 19-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-21-49-8-121-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.