22.05.2026 yildagi VII-20-35-8-111-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI DENOV TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining tumanda ijrosi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda suv resurslardan oqilona foydalanishga doir qonun talablari ijrosi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish maqsadida Denov “Suv yetkazib berish xizmati” DM tomonidan zaruriy ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oxunboboyev SIU hududiga 15.24 mln.m3, Sh.Xudoynazarov SIU hududiga 7.60 mln.m3, Gʻalaba SIU hududiga 15.11 mln.m3, Xolchayon SIU hududiga 8.95 mln.m3, S.Otaboyev SIU hududiga 7.49 mln.m3, Bobur SIU hududiga 7.50 mln m3, Sh.Rashidov SIU hududiga 9.39 mln. m3, S.Rahimov SIU hududiga 13.33 mln.m3, I.Toʻrayev SIU hududiga 13.27 mln.m3, Sh.Qobilov SIU hududiga 13.39 mln.m3, Oʻzbekiston SIU hududiga 15.72 mln.m3, Xazarbogʻ SIU hududiga 38.22 mln.m3, Mustaqillik SIU hududiga 15.80 mln.m3, A.Karimov SIU hududiga 6.93 mln.m3, A.Temur SIU hududiga 15.28 mln. m3, jami tumanda 203.0 mln.m3 suv isteʼmolchilar kesimida hisob kitob qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali aholi ongida shakllangan “suv-tekin” tushunchasidan voz kechish hamda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini keng joriy qilish toʻgʻrisidagi tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori A.Gʻaniyevning hisobotini tinglab, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari Denov tumani Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijrosi yuzasidan tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori A.Gʻaniyevning hisoboti maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi boʻyicha oʻrinbosari (A.Alimardonov), qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari (Sh.Sodiqov), tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori (A.Gʻaniyev)larga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq va budjet siyosatining 2026-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasi 38-bandiga asosan qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliqlarni yetishtirish (oʻstirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 1 kub metr suv uchun PQ-5-sonli qarori asosida belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Denov tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan 2026-yil sugʻorish davri (2026-yil 1-apreldan 2026 yil 30-sentabrgacha) tuman chegarasidan olinadigan 203 mln.m3 suv olish limitlarini, kanallardagi suv yoʻqotishlarni inobatga olib 20 foizga kamaytirgan holatda 8040 ta suv isteʼmolchilari kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlari hududlar kesimida ilovalarga muvofiq tasdiqlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilar va aholi tomorqalarini suv resurslari bilan ishonchli taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
irrigatsiya tizimlari va sugʻorish tarmoqlarining hamda ulardagi gidrotexnika inshootlarini doimiy texnik soz holatda ushlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanda joriy yilda suv oʻlchash qurilmalarini oʻrnatib, suv resurslari hisobini aniqlik darajasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilgan fermer xoʻjaliklari hisobidan iqtisod qilingan umumiy suv resurslarini birinchi navbatda aholi dala tomorqa va takroriy ekin yer maydonlariga yoʻnaltirilishini tizimli tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumandagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi suv isteʼmolchilariga isteʼmol qilingan suv miqdori hisobini yuritmagan (yuritishdan bosh tortgan) qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun suv soligʻi bazasi xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlangan limitlarga nisbatan ikki barobar oshirilgan holda hisoblanishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son qaroriga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2023-yil 29-noyabr kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishining 45-bayoni 9-bandiga asosan suv resurslari kamayganligini inobatga olib klaster va fermer xoʻjaliklari suvini isrof qilmaslik uchun ariqlarni betonlash ishlarini yakuniga yetkazish vazifalari topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yuqorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tegishli mansabdor shaxslar tomonidan har oy yakunida xalq deputatlari tuman Kengashiga yozma axborot kiritib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. xalq deputatlari Denov tumani Kengashining 2025-yil 13-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijrosi toʻgʻrisida”gi VII-8-50-8-111-K/25 sonli, Xalq deputatlari Denov tumani Kengashining 2025-yil 11-noyabrdagi VII-13-94-8-111-K/25-sonli qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb xisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman hokimligi Axborot xizmati-davlat tili boʻyicha maslahatchisi (F. Toʻrayeva) ushbu qaror “Chagʻoniyon” gazetasida rasmiy eʼlon qilinsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur sessiya qarori ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Denov tumani Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (F. Sayfullayev) hamda tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi (A. Alimardonov)lar zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi XOLMATOV AZAMAT NORMATOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati, Denov tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 22-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-20-35-8-111-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.