Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2025-yil 17-fevraldagi «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi bilan Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasining Hamkorlik boʻyicha parlamentlararo komissiyasining tarkibi toʻgʻrisida»gi 495-V-sonli Qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2025-yil, № 2, 321-modda) 1-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirsin:
«Smesova Yekaterina Aleksandrovna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasining aʼzosi». |
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2025-yil 17-fevraldagi «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining Davlat Dumasi bilan Hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhini tashkil etish toʻgʻrisida»gi 512-V-sonli Qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2025-yil, № 2, 338-modda) 1-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirsin:
«Smesova Yekaterina Aleksandrovna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasining aʼzosi». |
3. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga maʼlumot uchun yuborilsin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 22-aprel,
1987-V-son