Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
«Oʻzbekiston Respublikasining Yangi taraqqiyot banki toʻgʻrisidagi Bitimga (Fortaleza, 2014-yil 15-iyul) qoʻshilishi haqida»gi QL-208-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2026-yil 9-aprelda kiritilgan «Oʻzbekiston Respublikasining Yangi taraqqiyot banki toʻgʻrisidagi Bitimga (Fortaleza, 2014-yil 15-iyul) qoʻshilishi haqida»gi QL-208-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 21-aprel,
1982-V-son