Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
«Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining va potensial xavfli obyektlarning sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida»gi QL-189-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. «Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining va potensial xavfli obyektlarning sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida»gi QL-189-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 21-aprel,
1977-V-son