Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
«Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish choralarini kuchaytirishga, shuningdek baʼzi jinoyatlar tergovining sifatini oshirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish choralarini kuchaytirishga, shuningdek baʼzi jinoyatlar tergovining sifatini oshirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 7-aprel,
1919-V-son