Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
«Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ayollar a bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish choralarini kuchaytirishga, shuningdek baʼzi jinoyatlar tergovining sifatini oshirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi QL-192-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish choralarini kuchaytirishga, shuningdek baʼzi jinoyatlar tergovining sifatini oshirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi QL-192-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 7-aprel,
1918-V-son