OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI URBANIZATSIYA VA UY-JOY BOZORINI BARQAROR RIVOJLANTIRISH MILLIY QOʻMITASI HUZURIDAGI KADASTR AGENTLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI URBANIZATSIYA VA UY-JOY BOZORINI BARQAROR RIVOJLANTIRISH MILLIY QOʻMITASI HUZURIDAGI KADASTR AGENTLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
Aholi punktlarini borish qiyin boʻlgan va togʻli hududlar tarkibiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning muqaddimasiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 6-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1868-2]
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi hamda Soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 14-oktabrdagi 101, 113 va 2008-43-son qarori (roʻyxat raqami 1868, 2008-yil 11-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil., 46-son, 458-modda) bilan tasdiqlangan Aholi punktlarini borish qiyin boʻlgan va togʻli hududlar tarkibiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Yoʻriqnoma aholi punktlarida oʻz faoliyatlarini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari uchun belgilangan aylanmadan olinadigan soliqning pasaytirilgan stavkalarini qoʻllash maqsadida aholi punktlarini borish qiyin boʻlgan va togʻli hududlar tarkibiga kiritish tartibini belgilaydi.”.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2026-yil 21-aprel,
358-son
Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining oʻrinbosari M. MIRMAKSUDOV
Toshkent sh.,
2026-yil 7-aprel
2026-12-son
Soliq qoʻmitasi raisi F. PULATOV
Toshkent sh.,
2026-yil 30-mart,
2026-12-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2026 y., 10/26/1868-2/0469-son)