XALQ DEPUTATLARI AMUDARYO TUMANI KENGASHINING
QARORI
Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini belgilash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-son qarori bilan xalq deputatlari tuman Kengashlariga alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi uchun hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini 20 foizgacha oshirish vakolati berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-son Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-son qarori hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Amudaryo tumani hokimining moliya, iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻining Amudaryo tumani boʼyicha 2026-yilda alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yigʼimlarning cheklangan stavkalarini oshirish boʼyicha hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Amudaryo tumani hududida 2026-yil uchun alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimlarning miqdorlari ilovaga muvofiq maʼqullansin.
3. Mazkur yigʻimlardan tushgan tushumlar toʻliq miqdorda tuman mahalliy budjetiga yoʻnaltirilsin.
4. Tuman hokimining moliya, iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi (F. Yusupov), tuman soliq inspeksiyasi (J. Raximov) mazkur qarorning oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini taʼminlash vazifasi tuman hokimining moliya iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi F. Yusupov hamda qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmalariga yuklatilsin.
6. Ushbu qarоr “Taraqqiyot ko`zgusi” gazetasida hamda tuman hоkimligi veb saytida eʼlоn qilinsin.
7. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Kengash raisi YULDASHEV ALISHER YALGASHEVICH
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Amudaryo tumani,
2026-yil 30-mart,
VII-19-28-13-181-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.