XALQ DEPUTATLARI TOʻRTKOʻL TUMANI KENGASHINING
Qarori
2026-yilda Toʻrtkoʻl tumani boʻyicha alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini oshirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy byudjetlar va byudjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, byudjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi 913-XII-sonli Qonunining 6- va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Toʻrtkoʻl tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy byudjetlar va byudjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, byudjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarori bilan xalq deputatlari tuman Kengashlariga alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi uchun hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini 20 foizgacha oshirish vakolati berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. 2026-yil uchun Toʻrtkoʻl tumani hududida alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning miqdorlari ilovaga muvofiq maʼqullansin.
3. Mazkur yigʻimlardan tushgan tushumlar toʻliq miqdorda tuman byudjetiga yoʻnaltirilsin.
4. Tuman hokimining moliya iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi (Z. Ismailov), tuman Soliq inspeksiyasi (J. Annayev) mazkur qarorni oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini taʼminlash vazifasi tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi Z. Ismailov hamda qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (A. Madraymov) zimmalariga yuklatilsin.
6. Tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari (M. Bekchanova)ga mazkur qarorni tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirish va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish vazifasi yuklansin.
7. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
Kengash raisi ABDULLAYEV RAMONBERDI MADRAXIMOVICH
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toʻrtkoʻl tumani,
2026-yil 4-mart,
VII-22-29-13-190-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.