XALQ DEPUTATLARI YANGIARIQ TUMANI KENGASHINING
Qarori
Yangiariq tumanida 2026-yil vegetatsiya davrida isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6- va 24-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Suv kodeksining 20-, 68- va 69-moddalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qaroriga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosi hamda Yangiariq tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktorining hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Yangiariq tumani suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasining suv manbalari, iqtisodiyot tarmoqlari hamda hududlar boʻyicha 2026-yil 1-apreldan vegetatsiya davrida ekinlarni sugʻorish uchun suv miqdori (limit) 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari E. Xudayberganov va tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori N.Otajanovlarga:
suv manbalari, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlar boʻyicha ishlab chiqilgan suv olish limitlarini barcha suv isteʼmolchilariga yetkazish choralarini koʻrish;
suv isteʼmolchilarining ularga ajratilgan suv limitlaridan oqilona foydalanishini monitoring qilib borish, suvdan foydalanish shartnomalarini belgilangan tartibda tuzilishini taʼminlash.
4. Yangiariq tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori N.Otajanovga:
suvdan maqsadli va samarali foydalanish, suvni tejash boʻyicha oʻquv seminarlar hamda tushuntirish ishlarini olib borish;
xalq deputatlari tuman Kengashiga 2026-yil oktabr oyida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berish vazifasi yuklansin.
5. Mazkur qaror “Yangiariq ovozi” gazetasi va tuman hokimligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
6. Ushbu qarorning ijrosini taʼminlash xalq deputatlari tuman Kengashining agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (A.Allaberganov) zimmasiga yuklansin.
7. Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi ABDULLAYEV BAXTIYOR OLIMOVICH
Xorazm viloyati, Yangiariq tumani,
2026-yil 1-may,
VII-27-52-12-179-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.