Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumani hokimining
qarori
Shoʻrchi tumanining 2026 yilgi mahalliy byudjet parametrlariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Tuman mahalliy byudjeti mablagʻlarini maqsadli sarflanishini tashkil etish, xarajatlarni sohalar boʻyicha toʻgʻri taqsimlash orqali mablagʻlarning iqtisod qilinishiga erishish, kreditor qarzdorliklarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 28 va 148-moddalariga asosan qaror qiladi:
1. Tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimining 2026-yil 2-apreldagi tuman mahalliy budjetining xarajatlari yoyilmasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi 01-01-38/13-sonli xati inobatga olinsin.
2. Tuman mahalliy byudjetdan mablagʻ oluvchi byudjet tashkilotlarining 2026-yil xarajatlari yoyilmasiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Kiritilgan oʻzgartirishlar tuman mahalliy budjetidan mablagʻ oluvchi budjet muassasalarining 2026-yil tasdiqlangan xarajatlar yoyilmasiga nisbatan 4,2 foiz miqdorida ekanligi eʼtirof etilsin.
4. Tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (Z. Omonov)ga tuman mahalliy byudjetidan mablagʻ oluvchi byudjet tashkilotlarining 2026-yil I-chorak xarajatlar yoyilmasiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritish vazifasi yuklatilsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari M. Chorshanbiyev zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi A. ISHMURZOYEV
Surxondaryo viloyati, Sho'rchi tumani,
2026-yil 22-aprel,
84-8-120-Q/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.