XALQ DEPUTATLARI TOMDI TUMANI KENGASHINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qaror ijrosini taʼminlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan, Hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish surʼatlarini jadallashtirish, tuman hokimligining dolzarb muammolarga tez yechim topish borasidagi vakolatlari va moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, “Oʻzbekiston-2030” strategiyasida koʻzda tutilgan ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida, tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi Q.Xolmuminovning hisobotini tinglab, mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy isloxotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining 2026 yil 25 martdagi DKQ 03-01/37-26-sonli qarori va xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlarinining takliflarini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasiga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi, qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-387-sonli qarorining 2.(v)-bandiga asosan Tomdi tumani hududida alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi uchun hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalari 20 foizga oshirilsin va yigʻimlarning cheklangan stavkalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tomdi tuman Davlat soliq inspeksiyasi (Q. Xolmuminov) mazkur yigʻimlar boyicha 2026-yil mahalliy byudjet tushumlarini qayta hisob-kitob qilish va tegishli oʻzgartirishlarni kiritish ishlarini amalga oshirsin.
4. Ushbu qarorning ijrosini taʼminlash, tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (O. Madenov), qarorning bajarilishini nazorat qilish, xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmalariga yuklansin.
5. ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch oy muddatdan keyin kuchga kiradi.
Kengash raisi TURMAXANOV JANIBEK MUSILIMOVICH
Navoiy viloyati, Tomdi tumani,
2026-yil 27-mart,
VII-25-36-5-75-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.