XALQ DEPUTATLARI SHAROF RASHIDOV TUMANI KENGASHINING
Qarori
Sharof Rashidov tumani boʻyicha 2026-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini ochish chora tadbirlari” toʻgʻrisidagi PQ-5-son qaroriga asosan Sharof Rashidov tuman “Suv yetkazib berish xizmati” DM tomonidan xar yili 1-apreliga qadar novegitatsiya davri uchun va 1-oktabriga qadar kuz-qish yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun xalq deputatlar tuman Kengashiga kiritilishi belgilangan.
Shuningdek Sharof Rashidov tuman “Suv yetkazib berish xizmati” DM tomonidan 2026-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun jami 261,2 mln metr kub suv limiti ajratilgan. Shundan Janubiy Mirzachoʻl magistral kanalidan 4,3 mln metr kub, DM1 kanalidan 26,5 mln metr kub, Zarafshon daryosidan 154,2 mln metr kub, Jizzax suv omboridan 62,9 mln metr kub, Soy va buloqlardan 7,7 mln metr kub, Tik quduqlardan 4,6 mln metr kub, Zovurlardan 1,0 mln metr kub suv limitlari ajratilib, sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqilgan.
“Mahalliy davlat hokimiyati tоʻgʻrisidagi Оʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bоʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari tоʻgʻrisida”gi PQ-5-son Qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Sharof Rashidov tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasining 2026-yil 17-martdagi 75-sonli xati va tuman “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi boshligʻi B.Adilovning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Sharof Rashidov tumanining 2026-yil vegetasiya mavsumida suv limitlari quyidagicha:
2026-yil vegetatsiya mavsumida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limiti 1-ilovaga muvofiq;
JMM kanalidan 2026-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limiti 2-ilovaga muvofiq;
DM kanalidan 2026-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limiti 3-ilovaga muvofiq;
Zarafshon daryosidan 2026-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limiti 4-ilovaga muvofiq;
Jizzax suv omboridan 2026-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limiti 5-ilovaga muvofiq;
Soy-buloqlardan 2026-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limiti 6-ilovaga muvofiq;
Skvajinadan 2026-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limiti 7-ilovaga muvofiq;
Zovurlardan 2026-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limiti 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Sharof Rashidov tumanida 1-aprelga qadar vegetatsiya davri uchun va 1-oktabrga qadar kuz-qish davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar bоʻyicha tasdiqlangan rejasini bajarilishi tuman “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi boshligʻi B. Adilov zimmasiga yuklatilsin.
5. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash tuman hokimining qishloq va suv xоʻjaligi masalalari bоʻyicha оʻrinbosari J. Oʻralov zimmasiga, qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining agrar, suv xоʻjaligi va ekologiya masalalari bоʻyicha doimiy komissiyasi (M. Omonliqov) zimmasiga yuklatilsin.
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
Kengash raisi AKBAROVA SHOIRA UKTAMOVNA
Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani,
2026-yil 16-aprel,
VII-21-67-3-46-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.