XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHINING
Qarori
Karmana tumanidagi “Shibzon” mahallasini “Madaniyat” deb qayta nomlash haqidagi taklifni tasdiqlash toʻgʻrisida
“Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Geografik obʼektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 2012-yil 16-oktabrdagi 295-sonli qaroriga muvofiq viloyatdagi geografik obʼektlarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan Geografik obʼektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni Davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2026-yil 10-fevraldagi 05-19-2295-sonli xulosasiga muvofiq xalq deputatlari Karmana tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Geografik obʼektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni Davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2026-yil 10-fevraldagi 05-19-2295-sonli xulosasiga asosan Karmana tumanidagi “Shibzon” mahallasi nomi “Madaniyat” deb oʻzgartirish taklifi maʼqullansin.
2. Davlat kadastrlari palatasining tuman filiali, tuman qurilish boʻlimi nomi oʻzgargan fuqarolar yigʻini bilan birgalikda bir oy muddatda geografik obʼekt nomi qayd qilingan peshlavhani oʻrnatsin.
3. Belgilansinki, geografik obʼekt nomi qayd qilingan peshlavhani oʻrnatish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar qonunda belgilangan tartibda mahalliy budjet mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
4. Mazkur qaror “Karmana ovozi” gazetasida eʼlon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari D. Nazarov hamda xalq deputatlari tuman Kengashining тaʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi F.Jumayeva zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi OSTONOV ZOHIDJON TOLIBOVICH
Navoiy viloyati, Karmana tumani,
2026-yil 17-aprel,
VII-21-34-5-71-K/26-son