XALQ DEPUTATLARI MIRZACHOʻL TUMANI KENGASHINING
Qarori
Mirzachoʻl tumani boʻyicha 2026-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Mirzachoʻl tumani boʻyicha 2026-yil 1-apreldan 2026-yil 1-oktyabrga qadar vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori hamda Mirzachoʻl tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasining 2026-yil 25 martdagi 48-sonli xatini ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori hamda Mirzachoʻl tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasining 2026-yil 25 martdagi 48-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Mirzachoʻl tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori I. Suvanovning Mirzachoʻl tumani boʻyicha 2026-yil 1-apreldan 2026-yil 1-oktyabrga qadar vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limiti toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin va 1-2-3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Mirzachoʻl tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori I. Suvanovga:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga har chorak yakuni bilan hisobotlarni taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, qurilish, kommunal soxalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi J. Axmedov hamda tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari F. Eshonqulov zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi J. A. AXMEDOV
Jizzax viloyati, Mirzachoʻl tumani,
2026-yil 16-aprel,
VII-22-29-3-51-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.