JIZZAX VILOYATI ZOMIN TUMANI HOKIMINING
QARORI
Tuman hududida yoʻl belgilari oʻrnatish toʻgʻrisida
“Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yoʻllarida xavfsizlikni taʼminlash va tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 342-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi “Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 172-son qarori ijrosi yuzasidan Zomin tumanida fuqarolarning xavfsizligi va avtotransport vositalarining harakatini tartibga solish maqsadida tuman tibbiyot birlashmasining 2026-yil 8-yanvardagi 11-sonli xati va tuman ichki ishlar boshqarmasi yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimining 2026-yil 20-yanvardagi 48/39/19-sonli xulosa xatini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6, 211 - moddalariga asosan, qaror qilaman:
1. Tuman tibbiyot birlashmasining 2026-yil 8-yanvardagi 11-sonli xati va tuman ichki ishlar boshqarmasi yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimining 2026-yil 20-yanvardagi 48/39/19-sonli xulosa xati inobatga olinsin.
2. Zomin tumanida fuqarolarning xavfsizligi va avtotransport vositalarining harakatini tartibga solish maqsadida:
Qayirma mahalla fuqarolar yigʻini orqali oʻtuvchi “Ulugʻbek” koʻchasi tuman tibbiyot birlashmasiga kirish qismida yoʻlning ikki tomoniga 3.27 (toʻxtash taqiqlangan) yoʻl belgisi oʻrnatilishiga ruxsat berilsin.
3. Zomin tumani ichki ishlar boshqarmasi yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi (O.Xasanov):
mazkur qaror bilan tegishli joyga yoʻl belgilarining oʻrnatilishini tashkil etsin hamda ushbu hududlarda avtomobillar harakatini nazorat qilib borsin.
4. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
5. Mazkur qaror “Sharq tongi” gazetasida rasmiy eʼlon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
6. Qaror ijrosini taʼminlash tuman hokimining oʻrinbosari E.Maxmanazarov hamda tuman ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi I.Nurmatov zimmasiga yuklansin.
Tuman hokimi A. ABDUGʻANIYEV
Jizzax viloyati, Zomin tumani,
2026-yil 20-fevral,
51-3-48-Q/26-son