Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning maksimal miqdorlarining 9-pozitsiyasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 23-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3235-7]
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 20-oktabrdagi OʻRQ-1089-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga nizolarni muqobil hal etishda mediatsiya institutini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 1-apreldagi 140-son “Jismoniy shaxslarni Mediatorlar reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-maydagi 112-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3235, 2020-yil 29-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 10/20/3235/0698-son) bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning maksimal miqdorlarining 9-pozitsiyasidagi “Professional mediator” degan soʻzlar “Mediator” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TASHKULOV
Toshkent sh.,
2026 yil 22 aprel,
14-mh-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2026 y., 10/26/3235-7/0409-son)