Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining
Qarori
Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari xodimlarining meʼyorlangan sonini belgilash toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 23-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1989-5]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2009-yil 16-iyundagi 07-125-son, 64-son qarori (roʻyxat raqami 1989, 2009-yil 29-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y, 30-31-son, 354-modda) bilan tasdiqlangan Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari xodimlarining meʼyorlangan sonini belgilash toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri SH. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2026-yil 10-aprel,
1989-5-son
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2026-yil 1-aprel,
354-son
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 10-apreldagi 1989-5-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 1-apreldagi 354-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari xodimlarining meʼyorlangan sonini belgilash toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 20-bandning oʻn birinchi xatboshisi va 22-banddagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 30-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2026 y., 10/26/1989-5/0412-son)