Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
“Benefitsiari budjet va korporativ buyurtmachilar boʻlgan toʻlovlarni amalga oshirishda toʻlanadigan vositachilik haqi (yigʻimlar)ning chegaraviy miqdorini belgilash haqida”gi qarorning 1-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 16-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3429-1]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 25-apreldagi 10/7-son “Benefitsiari budjet va korporativ buyurtmachilar boʻlgan toʻlovlarni amalga oshirishda toʻlanadigan vositachilik haqi (yigʻimlar)ning chegaraviy miqdorini belgilash haqida”gi qarorining (roʻyxat raqami 3429, 2023-yil 25-aprel) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2023-y., 10/23/3429/0229-son) 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 9-martdagi PQ-88-son “Aholi tomonidan toʻlovlarni amalga oshirishda qoʻshimcha qulayliklar yaratish toʻgʻrisida”gi qarorining ilovasida koʻrsatilgan toʻlovlarni amalga oshirishda har bir tranzaksiya boʻyicha toʻlov xizmatlari uchun budjet va korporativ buyurtmachilar tomonidan toʻlanadigan vositachilik haqi (yigʻimlar)ning chegaraviy miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi etib belgilansin, bundan budjet va korporativ buyurtmachilar bilan tuzilgan shartnomalarda boshqacha shartlar nazarda tutilgan holatlar mustasno.”.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2026-yil 15-aprel,
10/15-son
Kelishildi:
Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o'rinbosari I. NORQULOV
2026-yil 15-aprel
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil A. BURIYEV
2026-yil 15-aprel
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2026-yil 11-aprel
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026 y., 10/26/3429-1/0367-son)