25.03.2026 yildagi VII-14-18-8-118-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qaror ijrosi yuzasidan tuman markaziy koʻchalarida tadbirkorlik subʼektlari chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatini koʻrsatganlik boʻyicha tariflarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarori 8-bandida 2026-yil 1-yanvardan boshlab obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan tuman (shahar)lar markaziy koʻchalari boʻyidagi tadbirkorlik subʼektlari bilan tuzilgan shartnoma asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatini koʻrsatishga ruxsat berilishi, bunda chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatini koʻrsatganlik boʻyicha tariflar tuman (shahar)lar hokimliklari tomonidan xalq deputatlari tuman (shahar)lar Kengashlariga koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritilishi belgilab qoʻyilgan. Tuman hokimi oʻrinbosari Oʻ.Mamadaliyevning tuman markazidagi tadbirkorlik subʼetlaridan chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatini koʻrsatganlik boʻyicha tariflar toʻgʻrisidagi hisoboti tinglanib, deputatlar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalardan kelib chiqib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-, va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman hokimi oʻrinbosari Oʻ.Mamadaliyevning tuman markazidagi tadbirkorlik subʼetlaridan chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatini koʻrsatganlik boʻyicha tariflar toʻgʻrisidagi hisoboti va tuman obodonlashtirish boshqarmasining 2026-yil 21-fevraldagi 03-03/53-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-387-sonli qarorining 8.(a) bandiga asosan Uzun tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tuman markaziy koʻchalari boʻyidagi tadbirkorlik subʼyektlari bilan tuzilgan shartnoma asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatini koʻrsatish boʻyicha tariflar 1-ilovaga muvofiq, supurish va tozalash ishlari hamda oʻsimliklarni ekish va ularni parvarish qilish 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman hokimining oʻrinbosari (Oʻ.Mamadaliyev), tuman Obodonlashtirish Boshqarmasi (lavozimiga koʻra)lar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman markaziy koʻchalari boʻyidagi tadbirkorlik subʼyektlari bilan tuzilgan shartnoma asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatini koʻrsatish boʻyicha taqdim etgan tariflari amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda tuzilganligiga shaxsan masʼul ekanligi belgilansin. Shuningdek, ushbu tariflar toʻgʻrisida mahalla fuqarolar yigʻinlari yettiligi bilan hamkorlikda aholi va tadbirkorlak subʼektlariga tushuntirish va targʻibot ishlarini olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi va tadbirkorlik subʼektlari tomonidan belgilangan tariflar boʻyicha eʼtirozlar tugʻilganida, shu bilan birgalikda, zarurat tugʻilganida tariflarni qayta koʻrib chiqish uchun tuman Kengashiga kiritilishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yuqoridagi vazifalar ijrosi yuzasidan mutasaddi rahbarlar tomonidan har chorak yakuni bilan xalq deputatlari tuman Kengashiga maʼlumotlar taqdim etib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorni ijrosini taʼminlash tuman hokimining oʻrinbosari (Oʻ.Mamadaliyev)ga, nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiya (A.Kamolov) zimmalariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi SAFAROVA DILOROM SHAYDILOVNA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati, Uzun tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 25-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-14-18-8-118-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.