XALQ DEPUTATLARI SARIOSIYO TUMANI KENGASHINING
Qarori
Sariosiyo tumanida 2026-yil uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari hamda noruda qurilish materiallari uchun belgilangan qatʼiy soliq stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar toʻgʻrisida
Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalri boʻyicha doimiy komissiyasida tuman Soliq inspeksiyasi boshligʻining Sariosiyo tumanida 2026-yil uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari hamda noruda qurilish materiallari uchun belgilangan qatʼiy soliq stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdorini belgilash toʻgʻrisidagi taklifi koʻrib chiqildi.
Unda aytilganidek, O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 445- va 452-moddalariga muvofiq suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq bo`yicha bazaviy soliq stavkasi respublika hududlari kesimida mutlaq miqdorda belgilangan.
Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 445-moddasi 3-bandida xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari soliq stavkasiga 0,7 gacha kamaytiruvchi yoki 1,5 gacha oshiruvchi koeffitsiyentlarni belgilashga haqliligi;
O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 452-moddasi 2-bandida xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari noruda qurilish materiallari uchun (sement ishlab chiqarish uchun moʼljallangan ohaktoshdan tashqari) qatʼiy belgilangan soliq stavkalariga 1,3 baravargacha oshiruvchi koeffitsiyent belgilashga haqliligi koʻrsatilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, keyingi soliq davriga (2026-yil uchun) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga 0,7 dan 1,5 gacha qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdori 1-ilovaga muvofiq;
Noruda qurilish materiallari uchun (sementdan tashqari) belgilangan qatʼiy soliq stavkalariga qoʻllaniladigan 1,3 barobargacha oshiruvchi koeffitsiyentlar miqdori 2-ilovaga muvofiq normativ-huquqiy xujjatlar loyihalari muhokamasi portali (regulation.gov.uz)da 15 (oʻn besh) kun muddatda turganligi va muhokama davomida hech qanday takliflar tushmaganligi bildirib oʻtildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 445- va 452-moddalariga muvofiq, Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari hamda noruda qurilish materiallari uchun belgilangan qatʼiy soliq stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar toʻgʻrisidagi tuman Soliq inspeksiyasining 2025-yil 22-dekabrdagi 01-09726-sonli xatiga asosan taqdim etilgan takliflarni koʻrib chiqib va muhokama etib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari hamda noruda qurilish materiallari uchun belgilangan qatʼiy soliq stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar toʻgʻrisidagi tuman Soliq inspeksiyasining 2025-yil 22-dekabrdagi 01-09726-sonli taklifi maʼqullansin.
2. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga 0,7 dan 1,5 gacha qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdori 1-ilovaga muvofiq;
Noruda qurilish materiallari uchun (sementdan tashqari) belgilangan qatʼiy soliq stavkalariga qoʻllaniladigan 1,3 barobargacha oshiruvchi koeffitsiyentlar miqdori 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimligi Axborot xizmati (J.Ergashov) va “Sariosiyo” gazetasi (A.Azizov)ga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari hamda noruda qurilish materiallari uchun belgilangan qatʼiy soliq stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlarni ijtimoiy tarmoqlarda va ommaviy axborot vositalarida yoritishini taʼminlash tavsiya etilsin.
4. Mazkur qaror bilan tasdiqlangan koeffitsiyentlar asosida soliqlarni hisoblash va budjetga tushirilishini taʼminlash tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Gʻ. Davlatovga topshirilsin.
5. Mazkur qarorni bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalri boʻyicha doimiy komissiyasi raisi (S.Asadov) zimmasiga yuklatilsin.
6. Ushbu qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Kengash raisi ASHUROV MASʼUD ISMOILOVICH
Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani,
2026-yil 27-mart,
VII-14-13-8-116-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.