Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
«Reklama toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha kiritish haqida»gi QL-187-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
(«Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»)
(«Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»gi QL-187-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi «Reklama toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha kiritish haqida» degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 17-mart,
1867-V-son