XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHINING
Qarori
Oltinsoy tumanidagi mavjud ayrim geografik obyektlarni nomlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-son qaroriga asosan Kadastr agentligi huzuridagi Respublika ekspertiza komissiyasining 2026-yil 17-fevraldagi 05-19-2865-sonli ekspertiza xulosasi hamda Respublika Ekspertiza komissiyasining 2026-yil 17-fevraldagi yigʻilish bayoniga koʻra hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 6-moddasiga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash boʻyicha tuman komissiyasi raisi oʻrinbosari T.Chorshanbiyevning tumandagi ayrim Geografik obyektlarni nomlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi 2026-yil 3-martdagi 06-06/53-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish Milliy qoʻmitasi Kadastr agentligi huzuridagi Respublika ekspertiza komissiyasining 2026-yil 17-fevraldagi 05-19-2865-sonli ekspertiza xulosasi hamda Respublika Ekspertiza komissiyasining 2026-yil 17-fevraldagi yigʻilish bayoni maʼqullansin.
3. Tumandagi “Gulchechak” mahalla fuqarolar yigʻini nomini oʻzgartirish boʻyicha mahalla faollari tomonidan berilgan taklifga koʻra Respublika ekspertiza komissiyasining 2026-yil 17-fevraldagi 05-19-2865-sonli ekspertiza xulosasiga asosan tumandagi “Gulchechak” mahalla fuqarolar yig'ini nomi “Alpomish” mahalla fuqarolar yigʻini nomiga oʻzgartirilsin hamda 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Xalq deputatlari tuman Kengashi qarori asosida Respublika Kadastr agentligining davlat reyestri elektron bazasiga kiritish maqsadida viloyat hududiy komissiyasiga taqdim etilsin.
5. Mazkur sessiya qarori ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha komissiyasi (U.Xudoyberdiyev) zimmasiga yuklatilsin.
6. Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi TURDIYEV AKRAM ABDIMURATOVICH
Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumani,
2026-yil 24-mart,
VII-16-31-8-108-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.