30.12.2025 yildagi VII-20-108-10-140-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI QUYICHIRCHIQ TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyi Chirchiq tumanining 2026-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6,24-moddalari, Byudjet kodeksining 27,99-moddalari, “2026 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi 2025 yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1105-son Qonuniga va xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi VII-26-162-10-0-K/25-son qaroriga muvofiq hamda Toshkent viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 26-dekabrdagi 1119-sonli xatini inobatga olib, xalq deputatlari Quyi Chirchiq tumani Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi VII-26-162-10-0-K/25-son qarori (keyingi oʻrinlarda qaror deb yuritiladi) rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qarorga muvofiq, Quyi Chirchiq tuman byudjetining 2026-yilgi daromadlari 109,6 mlrd.soʻm va xarajatlari esa 109,6 mlrd.soʻmga maʼlumot uchun qabul qilinganligi hamda tuman byudjetining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida turgan byudjet mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 474,2 mln.soʻm etib belgilanganligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2026 yil uchun Quyi Chirchiq tuman mahalliy byudjeti daromadlarining prognoz koʻrsatkichlari miqdori 1-ilovaga, 2026 yil uchun Quyi Chirchiq tuman mahalliy byudjetidan hududiy byudjet mablagʻlari taqsimlovchilarga ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorlari 2-ilovaga, Quyi Chirchiq tumani 2026 yil uchun ajratma meʼyorlari 3-ilovaga, Jismoniy shaxslarning mol-mulk soligʻi stavkalari boʻyicha tuman va shaharlar kesimida 2026-yilga belgilangan koeffitsiyentlari 4-ilovaga, Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar (qishloq hoʻjaligi, elektr stansiyalari, kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari va roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlanadigan yirik soliq toʻlovchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi) 5-ilovaga, Noruda qurilish materiallari uchun (sementdan tashqari) belgilangan qatʼiy stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar 6-ilovaga, Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha tuman va shaharlar kesimida yerlari stavkalari uchun 2026-yilda belgilangan koeffitsiyentlar 7-ilovaga, 2026-yilda tumanlar va shaharlar budjetlari shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida turgan budjet mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 8-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman byudjeti zaxira jamgʻarmasi hajmi 2026-yil uchun 1,4 mlrd.soʻm miqdorida belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, zaxira jamgʻarmasi mablagʻlarini amaldagi byudjet qonunchiligiga muvofiq, byudjet tizimi byudjetlari shakllantirilayotganda oldindan nazarda tutib boʻlmaydigan xarajatlarni, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik yuzaga kelgan vaziyatlarda amalga oshirilishi zarur boʻlgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari K. Uskanbayev, tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (B. Isroilov), tuman soliq inspeksiyasi (U. Atabayev) bilan birgalikda 2026-yil mahalliy byudjeti uchun belgilangan koʻrsatkichlarni oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar har chorak yakuni bilan byudjet mablagʻlarining samarali va maqsadli sarflanganligi, xarajatlarning amaliy natijalari yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobot berib borsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
byudjetdan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish, xususan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va davlat dasturlari uchun belgilangan xarajatlarni toʻliq rejalashtirilishi va oʻz vaqtida toʻlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlarining tasarrufidagi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallari hamda daromadlar va xarajatlar smetalarining toʻgʻri tuzilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
byudjetdan ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi va maqsadli indikatorlarning toʻliq bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasarrufidagi tizim tashkilotlariga byudjetdan ajratiladigan mablagʻlarning toʻgʻri taqsimlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz tasarrufidagi tizimda byudjet intizomiga amal qilinishi ustidan nazorat qilinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
byudjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtirib borilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman hokimining matbuot kotibi — Axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi (A. Ismatillayev) hamda tuman “Erkin soʻz” gazetasi bosh muharriri (P. Ergasheva) mazkur qarorni ommaviy axborot vositalari, gazeta va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish vazifasi yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Quyi Chirchiq tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy isloxatlar boʻyicha doimiy komissiyasi Sh. Ibashovga ijrosini taʼminlash tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari K. Uskanbayev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi XOLMURADOV AKMAL ARSLANOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-20-108-10-140-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.