30.12.2025 yildagi VII-20-98-10-142-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI PISKENT TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Piskent tumanidagi geografik obyektlarga nom berish va qayta nomlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonuni 6, 24-moddalari, “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-303-son qonuni 10, 12, 13-moddalari, Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarni nomlash toʻgʻrisidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-son qaroriga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasi”ning 2025-yil 20-mart, 2025-yil 16-sentabrdagi xati orqali taqdim etilgan xulosalari va Toshkent viloyati hokimining 2025-yil 25-martdagi 1/12-4-1596-son hamda 2025-yil 22-sentabrdagi 1/12-4-5354-son bayonlarini koʻrib chiqib Xalq deputatlari tuman Kengashi, qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasi”ning 2025-yil 20-martdagi 03/08-2856-sonli va 2025-yil 16-sentabrdagi 03-08-10387-sonli xati bilan taqdim qilingan xulosasi va Toshkent viloyati hokimining 2025-yil 25-martdagi 1/12-4-1596-sonli hamda 22-sentabrdagi 1/12-4-5354-sonli bayoni maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tumandagi geografik obyektlariga beriladigan nomlar va ularni qayta nomlash takliflari jami 260 ta koʻchalar 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mahallalar uyushmasi tuman boʻlimi (X. Isamuxamedov), tuman statistika boʻlimi (A. Shodmonqulov), Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali (M. Toshpoʻlatov) tumanda yangi nomlangan geografik obyektlarni koʻchalarning yangidan nomlanishi munosabati bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazish, tuman xaritasiga joylashtirish, elektron bazani shakllantirish, ish yuritish hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish bilan bogʻliq barcha tadbirlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman ichki ishlar boʻlimi (M. Mirzayev) tuman mahallalaridagi nomlangan koʻchalarga aholini roʻyxatga qoʻyish va tegishli yoʻl belgilariga oʻzgartirishlar kiritish bilan bogʻliq tashkiliy ishlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror davlat reyestrini yuritish uchun 10 kun muddatda Davlat kadastrlar agentligiga taqdim etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiya”si raisi T. Azamatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi ARIPOV MUZAFFAR AKBAROVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati, Piskent tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-20-98-10-142-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.