XALQ DEPUTATLARI KOGON SHAHAR KENGASHINING
Qarori
Kogon shahar hududida 2026-yil uchun alkogol mahsulotlarini (pivo bundan mustasno) realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini (pivo bundan mustasno) realizatsiya qilish uchun yigʻim stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarori ijrosini taʼminlash hamda hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish surʼatlarini jadallashtirish, shahar hokimligining dolzarb muammolarga tez yechim topish borasidagi vakolatlari va moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida koʻzda tutilgan ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Kogon shahar Iqtisodiyot va moliya boʻlimining 2026-yil 04-martdagi № 06-403/20-12-38/98/1-02-06-212/20-040/1/22-sonli hamda shahar soliq inspeksiyasining 2026-yil 04-martdagi № 2/5-sonli qoʻshma xatlari inobatga olinsin.
2. Kogon shahar hududida 2026-yil uchun “Alkogol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkogol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning miqdorlariga kiritiladigan oʻzgarishlar 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Shahar hokimining birinchi oʻrinbosari — shahar iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi hamda shahar soliq inspeksiyasi (K. Axmadova) bilan birgalikda mazkur qaror ijrosini qonunchilik talablari asosida oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlasin.
4. Shahar hokimligi apparati matbuot xizmati (N. Narzilloyev) va “Kogon hayoti” shahar gazetasi tahririyati (Z. Xalilova)ga mazkur qarorni shahar hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirsin hamda “Kogon hayoti” gazetasida rasmiy eʼlon qilinsin.
5. Mazkur qaror ijrosining nazorati Xalq deputatlari shahar Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha doimiy komissiyasi raisi J. Doʻstov zimmasiga yuklansin.
6. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingandan keyin uch oydan soʻng kuchga kiradi.
Kengash raisi YANGIYEV ALIMJON XOSHIMOVICH
Buxoro viloyati, Kogon shahar,
2026-yil 3-aprel,
VII-26-34-2-208-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.