30.12.2025 yildagi VII-23-116-10-138-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI ZANGIOTA TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zangiota tumanining 2026-yil uchun mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli Qonuni, Budjet kodeksining 27, 99-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2025-yil 20-oktabrdagi 02-1512-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 25-dekabrdagi 01/57/1-29236-sonli va tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimining 2025-yil 26-dekabrdagi 01/21-237/27-01/3854-sonli xatlarini inobatga olib, Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining 2025-yil 29-dekabrdagi 03-01-DKB/56-sonli yigʻilish bayoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli Qonunihamda Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi VII-26-162-10-0-K/25-sonli qarori (keyingi oʻrinlarda qaror deb yuritiladi) rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorga muvofiq, Zangiota tumani mahalliy budjetining 2026-yilgi daromadlari 123 110 410,0 ming soʻm etib, xarajatlari 123 110 410,0 ming soʻm etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zangiota tumani mahalliy budjetining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida turgan budjet mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 564 404,0 ming soʻm etib belgilanganligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quydagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zangiota tumani mahalliy budjeti daromadlarining 2026-yil uchun asosiy prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zangiota tumani mahalliy budjetidan 2026-yilda hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning umumiy cheklangan miqdorlari 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zangiota tumani mahalliy budjetiga umumdavlat soliqlari va boshqa soliqsiz tushumlardan ajratmalar meʼyorlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman mahalliy budjeti zaxira jamgʻarmasi hajmi 2026-yil uchun 1 723 875,0 ming soʻm miqdorida belgilansin. Bunda, zaxira jamgʻarmasi mablagʻlarini amaldagi budjet qonunchiligiga muvofiq, budjet tizimi budjetlari shakllantirilayotganda oldindan nazarda tutib boʻlmaydigan xarajatlarni, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik yuzaga kelgan vaziyatlarda amalga oshirilishi zarur boʻlgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tuman boʻyicha qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha 1 gektar yer uchun 2026-yilga belgilangan (noturar obyektlar uchun) yuridik shaxslardan undiriladigan yer soligʻi stavkalari mahallalar kesimida qoʻllaniladigan koeffitsientlar miqdorlari 4-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tuman boʻyicha jismoniy shaxslarga (bundan dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan, shuningdek jismoniy shaxslarga berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallagan yerlari mustasno) 2026-yilda 1 m2 yer uchastkalari uchun soliq stavkalariga mahallalar kesimida qoʻllaniladigan koeffitsientlar miqdori 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlarda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan binolar va inshootlarning 1 m2 uchun mutlaq miqdorda belgilangan minimal qiymatga nisbatan kiritilayotgan koeffitsientlar quyidagicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar boʻyicha mol-mulk soliqlari uchun qoʻllaniladigan mutloq miqdorlari 6-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarning mol-mulk soligʻi boʻyicha oʻrnatilgan soliq stavkalariga 0,7 dan 1,3 gacha boʻlgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlar 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) mahalliy soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning stavkalari quyidagicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga 0,7 dan 1,3 gacha qoʻllaniladigan koeffitsientlar miqdorlari 8-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noruda qurilish materiallari uchun (sementdan tashqari) belgilangan qatʼiy stavkalariga qoʻllaniladigan 1,3 barobargacha oshiruvchi koeffitsientlar miqdorlari 9-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha tumanda yer stavkasi uchun 2026-yilga belgilangan koeffitsiyenti miqdori 10-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari S. Ahadov, tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (B. Raximjonov) tuman soliq inspeksiyasi (D. Sulaymonov) bilan birgalikda 2026-yil mahalliy budjeti uchun belgilangan koʻrsatkichlarni oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar budjetdan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish, xususan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va davlat dasturlari uchun belgilangan xarajatlarni birinchi navbatda toʻliq rejalashtirilishi va oʻz vaqtida toʻlanishi hamda davriy jamlanma moliyaviy hisobotlarni toʻgʻri shakllantirilishi va oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror tegishli tahririyatlar va ommaviy axborot vositalarida yoritilishi tavsiya etilsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Zangiota Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (F. Zokirov) hamda tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari S. Ahadov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi RUSTAMOV ERKIN ERKAMOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati, Zangiota tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-23-116-10-138-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.