30.12.2025 yildagi VII-24-118-10-136-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻstonliq tumanining 2026-yil uchun mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 26-dekabrdagi “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-son Qonuni, Budjet kodeksining 27 va 99-moddalari, Soliq kodeksining 429 va 437-moddalari, xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi “Toshkent viloyatining 2026-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-26-162-10-0-K/25-sonli qaroriga asosan tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimining 2025-yil 6-noyabrdagi 02293-sonli va Davlat soliq inspeksiyasi tuman boʻlimining 2025-yil 1-dekabrdagi P-16184-sonli murojaatlarini koʻrib chiqib, tuman hokimining birinchi oʻrinbosari X. Abduyusupovning hisobotini tinglab, Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar boʻyicha doimiy komissiyaning 2025-yil 1-dekabrdagi 03-01-DKB/44-sonli hamda 2025-yil 29-dekabrdagi 03-01-DKB/50-sonli yigʻilishbayonlarini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6 va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari Boʻstonliq tumani Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 26-dekabrdagi “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-son Qonuni, xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi “Toshkent viloyatining 2026-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-26-162-10-0-K/25-sonli qarori (keyingi oʻrinlarda Qaror deb yuritiladi) rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Qarorga muvofiq, Boʻstonliq tumani mahalliy budjetining 2026-yil uchun daromadlar rejasi — 128 547 450 ming soʻm va xarajatlari — 128 547 450 ming soʻm etib maʼlumot uchun qabul qilinganligi, shuningdek, tumani mahalliy budjetining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida turgan budjet mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 553 017,0 ming soʻm etib belgilanganligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻstonliq tumani mahalliy budjeti daromadlarining 2026-yil uchun asosiy prognoz koʻrsatkichlari hamda ajratmalar meʼyorihaqida maʼlumotlar 1-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻstonliq tumani mahalliy budjetidan 2026-yilda hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning umumiy cheklangan miqdorlari haqida maʼlumot 2-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻstonliq tumani budjeti shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida turgan budjet mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori haqida maʼlumot 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Boʻstonliq tumani mahalliy budjetining 3,5 foizi xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlarining bevosita tashabbusi asosida shakllantirilib, ushbu 4,4 mlrd. soʻm miqdordagi mablagʻlar Kengashning qarori asosida 2026-yilda tumanning ichki yoʻllarini taʼmirlashga sarflanishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman mahalliy budjeti zaxira jamgʻarmasi hajmi 2026-yil uchun 1 785 085 ming soʻm miqdorida belgilansin. Bunda, zaxira jamgʻarmasi mablagʻlarini amaldagi budjet qonunchiligiga muvofiq, budjet tizimi budjetlari shakllantirilayotganda oldindan nazarda tutib boʻlmaydigan xarajatlarni, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik yuzaga kelgan vaziyatlarda amalga oshirilishi zarur boʻlgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari X. Abduyusupov, tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (E. Turobov), Davlat soliq inspeksiyasi tuman boʻlimi (Z. Zokirov) bilan birgalikda 2026-yil mahalliy budjeti uchun belgilangan koʻrsatkichlarni oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar budjetdan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishi, xususan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, shuningdek oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va davlat dasturlari uchun belgilangan xarajatlarni birinchi navbatda toʻliq rejalashtirilishi va oʻz vaqtida toʻlanilishi hamda davriy jamlanma moliyaviy hisobotlarni toʻgʻri shakllantirilishi va oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman mahalliy budjetidan moliyalashtiriluvchi tashkilotlarning kommunal xizmatlardan ajratilgan limitlar doirasida foydalanishi, kommunal xizmatlardan qarzdorlik vujudga kelgan taqdirda mazkur qarzdorliklar budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan bartaraf qilinishi, qarzdorliklar oʻz vaqtida bartaraf etilmagan hollarda budjet tashkilotlari rahbarlariga va masʼul xodimlariga qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar koʼrilishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning stavkalarini qonunchilikda belgilangan miqdorlar doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar haqida maʼlumot 4-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noruda qurilish materiallari uchun (sementdan tashqari) belgilangan qatʼiy stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar haqida maʼlumot 5-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar boʻyicha (dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan tashqari) mutlaq miqdorda 1,0 kv.m uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nisbatan kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar haqida maʼlumot 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, 2026-yilda soliq yukining keskin oshishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida, jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi summasi 2025-yil uchun hisoblangan soliq summasining 1,3 barobaridan oshmasligi lozimligi koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat soliq inspeksiyasi tuman boʻlimi (Z. Zokirov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-ilovada qoʻllanilgan koeffitsiyentlar va soliq stavkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq toʻlovchilarga 5 kunlik muddatda yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet daromadlari koʻrsatkichlarining bajarilishini taʼminlash, soliq bazasini kengaytirish hamda iqtisodiy salohiyatini oshirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida har oyning 5-sanasiga qadar xalq deputatlari tuman Kengashiga axborot kiritib borish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Boʻstonliq tumanida 2026-yil uchun mol-mulkini ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun 1 m2 uchun belgilangan ijara toʻlovining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng kam stavkalari haqida maʼlumot 7-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida stavkalar qoʻllaniladigan mahallalari roʻyxati 8-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi (E. Turobov), Davlat soliq inspeksiyasi tuman boʻlimi (Z. Zokirov) belgilangan hududlarda jismoniy shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan toʻlanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soliqlarini toʻliq hajmda tuman budjetiga oʻtkazish choralarini koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tuman hokimligi axborot xizmati (Y. Abdullayev), “Boʻstonliq ovozi” gazetasi (A. Kulbayev) mazkur qarorni tuman hokimligining rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va tuman gazetasida yoritilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Boʻstonliq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar boʻyicha doimiy komissiyasi (U. Aripbayev) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi AXMEDOV JOʻRABEK ILXOMOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-24-118-10-136-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.