XALQ DEPUTATLARI OHANGARON SHAHRI KENGASHINING
Qarori
Ohangaron shahrining 2026-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunning 6, 24-moddalari, Byudjet kodeksining 27, 99-moddalari, “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi 2025-yil 25 dekabrdagi OʻRQ-1105-son qonuniga va xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi VII-26-162-10-0-K/25-son qaroriga muvofiq hamda Toshkent viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 26-dekabrdagi 04/1133-sonli xatini inobatga olib, xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-son qonuni hamda Toshkent viloyati Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi VII-26-162-10-0-K/25-son qarori (keyingi oʻrinlarda qaror deb yuritiladi) rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Qarorga muvofiq, Ohangaron shahar byudjetining 2026-yilgi daromadlari 70659,93 mln.soʻm va xarajatlari esa 70659,93 mln.soʻmligi maʼlumot uchun qabul qilinganligi, shuningdek Ohangaron shahar byudjetining shaxsiy gʻazna hisob varagʻida turgan byudjet mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 296,88 mln.soʻm etib belgilanganligi inobatga olinsin.
3. Shahar byudjeti daromadlarining 2026-yil uchun asosiy prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq hamda shahar byudjetidan 2026-yilda hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning cheklangan miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Shahar byudjeti shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida turgan byudjet mablagʻlarining yoʻl qoʻyilgan eng kam miqdori 3-ilovaga muvofiq belgilansin.
5. Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning stavkalarini qonunchilikda belgilangan miqdorlar doirasida:
Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar boʻyicha mutlaq miqdorda 1 gektar yer uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar, jismoniy shaxslar boʻyicha (dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallagan yerlardan tashqari) mutlaq miqdorda 1 m2 uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nisbatan kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar 4-ilovaga;
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlarda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan binolar va inshootlarning 1 m2 uchun mutlaq miqdorda belgilangan minimal qiymatga nisbatan kiritilayotgan koeffitsiyentlar tasdiqlansin.
yuridik shaxslar boʻyicha mol-mulk soliqlari uchun qoʻllaniladigan mutlaq miqdorlari 5-ilovaga muvofiq:
jismoniy shaxslarning mol-mulk soligʻi boʻyicha oʻrnatilgan soliq stavkalariga 0.7 dan 1.3 gacha boʻlgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsentlar 6-ilovaga muvofiq:
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga 0.7 dan 1.3 gacha qoʻllaniladigan koeffitsentlar miqdori 7-ilovaga muvofiq:
Mol-mulk ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalariga qoʻllaniladigan 1.3 barobargacha oshiruvchi koeffitsentlar miqdori 8-ilovaga muvofiq:
Soliq turlari boʻyicha ajratmalar meʼyori 9-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Sh. Abdusattarov, shahar iqtisodiyot va moliya boʻlimi (E. Jabbarov), shahar soliq inspeksiyasi (B. Axmedov) bilan birgalikda 2026-yil mahalliy byudjeti uchun belgilangan koʻrsatkichlarni oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
7. Hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar har chorak yakuni bilan byudjet mablagʻlarining samarali va maqsadli sarflanganligi, xarajatlarning amaliy natijalari yuzasidan xalq deputatlari shahar Kengashiga hisobot berib borsinlar.
Bunda, hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar:
byudjetdan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish, xususan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va davlat dasturlari uchun belgilangan xarajatlarni toʻliq rejalashtirilishi va oʻz vaqtida toʻlanishi;
oʻzlarining va tasarrufidagi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallari hamda daromadlar va xarajatlar smetalarining toʻgʻri tuzilishi;
byudjetdan ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi va maqsadli indikatorlarning toʻliq bajarilishi;
tasarrufidagi tizim tashkilotlariga bydjetdan ajratiladigan mablagʻlarning toʻgʻri taqsimlanishi;
oʻz tasarrufidagi tizimda byudjet intizomiga amal qilinishi ustidan nazorat qilinishini;
byudjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtirib borilishini taʼminlasinlar.
8. Mazkur qaror tegishli tahririyatlar va ommaviy axborot vositalarida yoritilishi tavsiya etilsin hamda shahar hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
9. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisoqdiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (J. Abduvaliyev) hamda shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Sh. Abdusattarov zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi SHOQOSIMOV SADRIDDIN SHOQOSIM OʻGʻLI
Toshkent viloyati, Ohangaron shahri,
2025-yil 30-dekabr,
VII-23-97-10-214-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.