OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XOʻJALIGI VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XOʻJALIGI VAZIRLIGINING
QARORI
“Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirish va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish boʻyicha nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 8-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2198-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida”gi va “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-son “Kommunal xizmatlar koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi va 2023-yil 29-dekabrdagi 722-son “Narxlari davlat tomonidan tartibga solinishi lozim boʻlgan tovarlar narxlarining (tariflarining) shakllanishi hamda qoʻllanilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va “Oʻzkommunxizmat” agentligining 2011-yil 19-yanvardagi 1, 2, 01-88-son “Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirish va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish boʻyicha nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2198, 2011-yil 19-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 7-8-son, 76-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2026-yil 11-mart
343-son
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri SH. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2026-yil 1-mart
3-son
Kelishildi:
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi H. TURAXUJAYEV
2026-yil 23-fevral
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirish va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish boʻyicha nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qarorda:
1) nomidan “va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirish boʻyicha nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.”.
2. Nizomda:
1) nomidan “va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom xoʻjalik yurituvchi subyektlar (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) tomonidan koʻrsatilayotgan ichimlik suvi taʼminoti, oqova suvlarni chiqarib yuborish, issiq suv taʼminoti va isitish (issiqlik taʼminoti) xizmatlari boʻyicha (bundan buyon matnda kommunal xizmatlar deb yuritiladi) tariflarni shakllantirish va xarajatlar tarkibini aniqlash tartibini belgilaydi.”;
3) 1-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“I-bob. Umumiy qoidalar”
“1. Kommunal xizmatlarning tariflarini davlat tomonidan tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 722-son “Narxlari davlat tomonidan tartibga solinishi lozim boʻlgan tovarlar narxlarining (tariflarining) shakllanishi hamda qoʻllanilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
2. Tashkilotlar koʻrsatilayotgan kommunal xizmatlar tariflarini tasdiqlatish uchun narxlarni tartibga soluvchi organga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 722-son qarori bilan tasdiqlangan Tovarlarga (ishlar, xizmatlarga) tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qoʻllanishini davlat tomonidan nazorat qilish, shuningdek, tovar va moliya bozorida sotiladigan tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) monopol yuqori va monopol past narxlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 32-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni ilova qilib ariza bilan murojaat qiladi, bundan asosiy faoliyat turi kommunal xizmatlar koʻrsatish boʻlmagan tashkilotlar mustasno.
Asosiy faoliyat turi kommunal xizmatlar koʻrsatish boʻlmagan tashkilotlar mazkur xizmatlarga narxlarni (tariflarni) raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari va mazkur Nizom talablariga muvofiq mustaqil belgilaydi.”;
“4. Tashkilotlar koʻrsatayotgan kommunal xizmatlar tarifi ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan, davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar, soliq va yigʻimlar boʻyicha xarajatlardan, shuningdek sof foyda summasidan shakllanadi.
Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 317-moddasida nazarda tutilgan xarajatlar kommunal xizmatiga tasdiqlanadigan tarifni shakllantirishda xarajatlar hisobiga olinmaydi.
Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-iyundagi 494-son qarori bilan tasdiqlangan Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlarida texnologik audit oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan muddatlarda texnologik auditdan oʻtkazilmagan inshootlarning foydalanish va saqlash xarajatlari hisobga olinmaydi.
5. Aholiga koʻrsatilayotgan kommunal xizmatlar uy-joy mulkdorlarining shirkatlari, koʻp kvartirali uyni boshqaruvchi tashkilotlar va boshqaruvchilar tomonidan aholi uchun belgilangan tariflarda xarid qilinadi.”;
7) 2-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2-bob. Kommunal xizmatlarni koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan koʻrsatiladigan kommunal xizmatlarga tariflarning hisob-kitobi”;
8) 2-bobning 1-paragrafi nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1-§. Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari”;
9) 10-bandning birinchi xatboshisidagi “kalkulyatsiyalashda” va “tsikli” degan soʻzlar tegishli ravishda “hisob-kitob qilishda” va “jarayoni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari boʻyicha tariflarning hisob-kitoblari mazkur xizmatlar boʻyicha alohida amalga oshiriladi.”;
11) 12-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Xarajatlarni rejaviy hisob-kitob qilishda yoʻqotishlar qonunchilik bilan belgilangan meʼyorlar chegarasida nazarda tutiladi.”;
uchinchi xatboshidagi “vodoprovodi” degan soʻz “suvi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
12) 13-banddagi “Kanalizatsiya tashkilotlarida” degan soʻzlar “Oqova suvlarni chiqarib yuborishda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 14 va 15-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari hisob-kitobi alohida tuziladi, bunda bilvosita moddiy xarajatlar, ishlab chiqarish xususiyatiga ega ustama xarajatlar, bilvosita mehnat xarajatlari, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar ushbu xizmatlar turlari boʻyicha ishlab chiqarish xodimlarining asosiy ish haqiga mutanosib taqsimlanadi.
15. Oʻrtacha iqtisodiy asoslangan tarifning miqdorini hisoblash uchun xizmatlarning barcha isteʼmolchilarini hisobga olgan holda berilgan suv (ajratilgan oqim suyuqlik) hajmlari boʻyicha ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tashkilotining daromadlarini aniqlash zarur. Mazkur xizmatlarni yaqin davr (yil)da rivojlantirish istiqbolini hisobga olgan holda aniq hisobot davri (yil) uchun xizmatlarning ishlab chiqarish tannarxi va tashqi omillar (energiya resurslari, materiallar narxlari, tashish tariflari, tarif stavkalari va lavozim maoshlarining oʻzgarishi)ning taxminiy taʼsiri hamda zaruriy foyda summasidan oʻrtacha iqtisodiy asoslangan tarif hosil boʻladi. Oʻrtacha iqtisodiy asoslangan tarif miqdori quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Toʻr. tarif = S + Fz (soʻm)
Bu yerda:
Toʻr. tarif — 1 kub. m suv (1 kub. m oqindi)ga oʻrtacha iqtisodiy asoslangan tarif;
S — 1 kub. m suv (1 kub. m oqindi)ning ishlab chiqarish tannarxi;
Fz — ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tashkilotlarining rentabelli ishini taʼminlovchi 1 kub. m suv (1 kub. m oqova suv) hisob-kitobiga zaruriy foyda (davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar, foydadan soliq va yigʻimlar boʻyicha xarajatlar hamda sof foyda summasi).”;
14) 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlariga haq toʻlash summasi uy-joy fondining obodonlashtirilganligi darajasiga qarab Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilarga suv taʼminoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari koʻrsatish qoidalarining 87-bandida belgilangan suv (oqova) isteʼmoli meʼyorlari hamda aholi uchun tariflardan kelib chiqqan holda bir oyda 1 kishiga hisoblab chiqariladi, hisoblagich asbob-uskunalari boʻlganda esa, toʻlov ularning koʻrsatkichlari boʻyicha amalga oshiriladi.”;
15) 2-bobning 2-paragrafi nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2-§. Issiq suv taʼminoti va isitish (issiqlik taʼminoti) xizmati (ishlab chiqarish va yetkazib berish)”;
16) 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va yetkazib berish xarajatlari tarkibiga issiqlik energiyasini ishlab chiqish hamda issiqlik tarmoqlariga xizmat koʻrsatish boʻyicha xarajatlar, isteʼmolchilarning ulanish joylari, harorat, bosimni va suv sarfini muvofiqlashtiruvchi avtomat qurilmalar ishlashini nazorat qilish xarajatlari kiradi.”;
17) 21-bandning ikkinchi xatboshisidagi “129-moddasiga” degan soʻzlar “297-moddasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18) 25-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“25. Aholi uchun tariflar:
isitish (issiqlik taʼminoti) xizmatlari boʻyicha isitish mavsumining har bir kuniga 1 kv.m isitiladigan maydoniga;
issiq suv taʼminoti boʻyicha hisoblash asbobi boʻlmaganda bir oyda 1 kishiga;
issiq suv sarfini hisoblash asbobi boʻlganda 1 kub. m issiq suv uchun.”;
19) 27-bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“issiqlik taʼminoti tashkilotlari xizmatlarining tannarxi issiqlik tarmoqlarini kuzatish, nazorat qilish, xizmat koʻrsatish va joriy taʼmirlash boʻyicha rejalashtirilayotgan tashkiliy va texnik tadbirlariga muvofiq, qozonxona uskunalari va issiqlik tarmoqlarini texnik koʻrik xizmati va taʼmirlashni hisobga olgan holda aniqlanadi;
xarajatlar rejaviy hisob-kitob qilishda issiqlik energiyasidan yoʻqotishlar qonunchilikda belgilangan meʼyorlar chegarasida nazarda tutiladi;
issiqlik energiyasi bir vaqtning oʻzida isitish (issiqlik taʼminoti) va issiq suv taʼminotida sotilgan taqdirda, xarajatlar moddalari boʻyicha issiqlik energiyasining isitish (issiqlik taʼminoti) va issiq suv taʼminotidagi mutanosib miqdoriga muvofiq hisoblanishi lozim;”;
20) 3-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3-bob. Yakuniy qoida”;
Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirish va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish boʻyicha nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
ILOVA
ILOVA
“Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirish va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish boʻyicha nizomga
ILOVA
ILOVA
Aholi uchun issiqlik taʼminoti xizmatlari tariflarini aniqlashning
namunaviy hisob-kitobi
1. Isitishdagi (issiqlik taʼminotidagi) 1 kv. m isitish maydoni uchun bir kunda hisob-kitob boʻyicha:
bir kunga 1 kv. m isitish maydoniga isitishdagi (issiqlik taʼminotidagi) issiqlik energiyasining taqqoslama isteʼmoli — 0,001539979 Gkal*;
isitish (issiqlik taʼminoti) tarifi (QQS hisobga olgan holda) — 156 643 soʻm;
bir kunga isitishdagi (issiqlik taʼminoti) 1 kv. m isitish maydoni uchun tarif oʻrtacha 241 soʻmni tashkil qiladi:
156 643 soʻm. x 0,001539979 = 241 soʻm.
2. Issiq suv taʼminoti uchun hisoblash asbobi boʻlmaganda bir oyda 1 kishiga:
bir oyda 1 kishiga issiq suv taʼminotidagi issiqlik energiyasining taqqoslama isteʼmoli — 0,165591785 Gkal;
issiqlik energiyasi tarifi (QQS hisobga olgan holda) — 156 643 soʻm;
bir oyda 1 kishiga issiq suv uchun tarif 25 938 soʻmni tashkil qiladi:
156 643 soʻm. x 0,165591785 = 25 938 soʻm.
Izoh: Turarjoy xonadonlarida issiq suvni individual hisobga olish asboblari mavjud boʻlmaganda, issiq suv taʼminoti xizmatlariga belgilangan tariflarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-noyabrdagi 300-son “Respublika issiqlik va suv taʼminoti tashkilotlarini moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan oshiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi.
3. Hisoblash asbobi boʻlganda aholi uchun 1 kub. m issiq suv uchun:
barcha isteʼmolchilar uchun 1 Gkal issiqlik energiyasi 156 643 soʻm/Gkalni (QQS hisobga olgan holda) tashkil qiladi.
Qoʻshimcha maʼlumotlar:
uzatuvchi quvurdagi issiq suv harorati — 72,8 ºC;
uzatuvchi quvur izolyatsiyasi orqali issiqlikning meʼyoriy yillik oʻrtacha yoʻqotilishi — 73,94 Gkal/s;
uzatuvchi quvurdagi suvning yillik oʻrtacha soatlik xarajati — 33 560,0 kub. m/s (issiqlik manbayidagi xarajat oʻlchagichi maʼlumoti boʻyicha);
issiq suv tayyorlash uchun ishlatiladigan chiqarilgan suvning yillik oʻrtacha harorati — 10,8 ºC.
Atrof-muhitga yoʻqolishi sababli uzatuvchi quvurdagi suv haroratining yillik oʻrtacha pasaytirilishi:
Delta t = | 73,94 x 106 | 2,20C | bu yerda: |
33560,0 x 103 |
106 — Gkalni Kkalga oʻtkazish koeffitsiyenti;
103 — kgga oʻtkazish koeffitsiyenti.
Aholiga beriladigan issiq suvning oʻrtacha harorati:
Tgv = 72,8° — 2,2 = 70,6°C.
Turarjoy binolarida issiq suv haroratining sovishi hisobga olingan holda aholiga yetkazib beriladigan issiq suvning oʻrtacha harorati (K=0,96).
Tgv = 70,6 x 0,96 = 67,8°C.
Issiq suvning tarkibidagi issiqlik quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
i = 0,001 (67,8° — 10,8°) = 0,057 (Gkal/kub. m).
1 kub.m issiq suv uchun tarif:
Tgv = 156 643 x 0,057 = 8 928,6 soʻm/kub. m.
*Markaziy isitish va issiq suv taʼminotidagi issiqlikning taqqoslama isteʼmoli har bir hudud (alohida aholi punkti) uchun Issiqlik energiyasini ishlab chiqish, uzatish uchun yoqilgʻi, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va suv sarflarining meʼyorlarini hamda issiqlik yuklamalarini, shuningdek texnologik yoʻqotishlarni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1687, 2007-yil 7-iyun) asosida ishlab chiqiladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026 y., 10/26/2198-2/0330-son)