Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2574-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2014-yil 10-martdagi 56-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2574, 2014-yil 9-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 15-son, 174-modda) bilan tasdiqlangan Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlarini belgilaydi.”.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. ABDURAXMONOV
Toshkent sh.,
2026-yil 2-aprel,
47-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026 y., 10/26/2574-1/0326-son)