XALQ DEPUTATLARI YANGIYOʻL TUMANI KENGASHINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi, 2026-yil uchun qabul qilingan byudjet toʻgʻrisidagi Qonuni talablari asosida, Yangiyoʻl tumanining 2026-yil uchun belgilangan Byudjetini tasdiqlash
Kun tartibiga qoʻyilgan, Oʻzbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida” OʻRQ-1105-sonli qonuni, Byudjet kodeksining 27, 99-moddalari, xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi VII-26-162-10-0-K/25-son qarori, Toshkent Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 3-dekabrdagi 04/984-sonli xati talablari asosida, Yangiyoʻl tumanining 2026-yil uchun belgilangan Byudjetini tasdiqlash toʻgʻrisida, Yangiyoʻl tuman Iqtisodiyot va Moliya boʻlimi boshligʻining Byudjet masalalari boʻyicha oʻrinbosari R.K.Saliyevni maʼruzasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 24-moddalariga muvofiq, Xalq deputatlari Yangiyoʻl tuman Kengashini VII chaqiriq navbatdan tashqari XXIII sessiyasi, qaror qiladi:
1. Yangiyoʻl tuman Iqtisodiyot va Moliya boʻlimi boshligʻining Byudjet masalalari boʻyicha oʻrinbosari R.K. Saliyevni maʼruzasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasining “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli Qonuni va Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashining “Toshkent viloyatining 2026-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2025-yil 29-dekabrdagi VII-26-162-10-0-K/25-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
3. Yangiyoʻl tuman byudjetining 2026-yilgi daromadlari 122 mlrd. 338 million 660 ming soʻm va xarajatlari esa 122 mlrd. 338 million 660 ming soʻm maʼlumot uchun qabul qilinganligi hamda viloyat byudjetidan ajratiladigan tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar 0,0 mlrd.soʻm miqdorida tasdiqlanganligi, shuningdek Yangiyoʻl tuman byudjetining shaxsiy gʻazna hisob varagʻida turgan byudjet mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 578 million 532 ming soʻm etib belgilanganligi inobatga olinsin.
4. 2026-yil uchun Yangiyoʻl tuman mahalliy byudjeti daromadlarining prognoz koʻrsatkichlari miqdori 1-ilovaga muvofiq hamda 2026-yil uchun Yangiyoʻl tuman mahalliy byudjetidan hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Yangiyoʻl tuman byudjeti zaxira jamgʻarmasi hajmi 2026-yil uchun 1 mlrd. 548 million 419 ming soʻm miqdorida belgilansin.
Bunda, zaxira jamgʻarmasi mablagʻlarini amaldagi byudjet qonunchiligiga muvofiq, byudjet tizimi byudjetlari shakllantirilayotganda oldindan nazarda tutib boʻlmaydigan xarajatlarni, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik yuzaga kelgan vaziyatlarda amalga oshirilishi zarur boʻlgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilishi taʼminlansin.
6. Quyidagilar:
Yangiyoʻl tumani mahalliy byudjetiga umumdavlat soliqlari va boshqa soliqsiz tushumlardan ajratmalar meʼyorlari 3-ilovaga;
Bunda, ajratma meʼyorlari boʻyicha viloyat mahalliy byudjeti bilan tuman va shaharlar mahalliy byudjetlarining taqsimotini oʻrnatilgan tartibda “Davlat moliyasini boshqarish” axborot tizimiga Toshkent viloyati Gʻaznachilik xizmati boshqarmasi tomonidan kiritilishi belgilab qoʻyilganligi inobatga olinsin.
7. Tuman mahalliy byudjeti zaxira jamgʻarmasi hajmi 2026-yil uchun 1 548 419,0 ming soʻm miqdorida belgilansin.
Bunda, zaxira jamgʻarmasi mablagʻlarini amaldagi byudjet qonunchiligiga muvofiq, byudjet tizimi byudjetlari shakllantirilayotganda oldindan nazarda tutib boʻlmaydigan xarajatlarni, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik yuzaga kelgan vaziyatlarda amalga oshirilishi zarur boʻlgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilishi taʼminlansin.
8. Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning stavkalari qonunchilikda belgilangan miqdorlar doirasida:
Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar boʻyicha mutlaq miqdorda 1 gektar yer uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar, jismoniy shaxslar boʻyicha (dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan tashqari) mutloq miqdorda 1m2 uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nisbatan kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllagan holda yer soligʻi stavkalari 4-ilovaga,
yuridik shaxslar boʻyicha mol-mulk soliqlari uchun qoʻllaniladigan mutlaq miqdorlari 5-ilovaga,
jismoniy shaxslarning mol-mulk soligʻi boʻyicha oʻrnatilgan soliq stavkalariga 0,7 dan 1,3 gacha boʻlgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar 6-ilovaga,
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga 0,7 dan 1,3 gacha qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdori 7-ilovaga,
noruda qurilish materiallari uchun (sementdan tashqari) belgilangan qatʼiy stavkalariga qoʻllaniladigan 1,3 barobargacha oshiruvchi koeffitsiyentlar miqdori 8-ilovaga,
mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalariga qoʻllaniladigan 1,3 barobargacha oshiruvchi koeffitsiyentlar miqdori 9-ilovaga,
Yangiyoʻl tumani mahalliy byudjetining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida turgan byudjet mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 10-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
9. Yangiyoʻl tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari-tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi v.b. L.A. Ibragimov, tuman soliq inspeksiyasi (O.M. Saidov) bilan birgalikda 2026-yilda mahalliy byudjeti uchun belgilangan koʻrsatkichlarni oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
10. Hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar har chorak yakuni bilan byudjet mablagʻlarining samarali va maqsadli sarflanganligi, xarajatlarning amaliy natijalari yuzasidan xalq deputatlari Yangiyoʻl tuman Kengashiga hisobot berib borsinlar.
Bunda, hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar:
byudjetdan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish, xususan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va davlat dasturlari uchun belgilangan xarajatlarning toʻliq rejalashtirilishi va oʻz vaqtida toʻlanishi;
oʻzlarining va tasarrufidagi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallari hamda daromadlar va xarajatlar smetalarining toʻgʻri tuzilishi;
byudjetdan ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi va maqsadli indikatorlarning toʻliq bajarilishi;
tasarrufidagi tizim tashkilotlariga byudjetdan ajratiladigan mablagʻlarning toʻgʻri taqsimlanishi;
oʻz tasarrufidagi tizimda byudjet intizomiga amal qilinishi ustidan nazorat qilinishini;
byudjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarning joylashtirib borilishini taʼminlasinlar.
11. Mazkur qaror tegishli tahririyatlar va ommaviy axborot vositalarida yoritilishi tavsiya etilsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
12. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Yangiyoʻl tuman Kengashining mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi (N.Q. Xudoyberdiyev) hamda tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari L.A. Ibragimov zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi ATAULLAYEV ODILJON KASIMOVICH
Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tuman,
2026-yil 5-yanvar,
VII-22-1-10-146-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.