29.01.2026 yildagi VII-24-12-10-148-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI ANGREN SHAHAR KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Angren shahar Kengashining 2026-yil 20-yanvardagi “Angren shahrining 2026-yilgi qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi stavkalari uchun belgilangan koeffitsiyentlar toʻgʻrisida”gi VII-23-1-10-148-K/26-sonli qaroriga tegishli oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi qarorni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni, Byudjet kodeksining 27 va 99-moddalari, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining “Toshkent viloyatining 2026-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori hamda Soliq Kodeksining 437-moddasiga asosan, Angren shahar soliq inspeksiyasi boshligʻi B. Shomirzayevning 2025-yil 18-dekabrdagi xatini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddaga muvofiq, Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalq deputatlari Angren shahar Kengashining 2026-yil 20-yanvardagi “Angren shahrining 2026-yilgi qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi stavkalari uchun belgilangan koeffitsiyentlar toʻgʻrisida”gi VII-23-1-10-148-K/26-sonli qarori normativ huquqiy hujjat ekanligiga qaramasdan, hududiy adliya organining huquqiy ekspertizasidan oʻtkazilmasdan eʼlon qilinganligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Angren shahrining 2026-yilgi qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi stavkalari uchun belgilangan koeffitsiyentlar toʻgʻrisidagi qarori loyihasi huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun hududiy adliya organiga belgilangan tartibda, tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Angren shahar soliq inspeksiyasi boshligʻi B.Shomirzayevning 2025-yil 18-dekabrdagi xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha shahar kesimida yer soligʻi stavkalari uchun 2026-yilda belgilangan koeffitsiyentlar ilovaga asosan tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Y. Naraliyev, shahar soliq inspeksiyasi boshligʻi B. Shomirzayev zimmalariga, qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari Angren shahar Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi R. Abrarov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi XOLMATOV MUROD ERKINOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati, Angren shahri,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 29-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-24-12-10-148-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.