26.01.2026 yildagi VII-27-11-10-133-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI OQQOʼRGʼON TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq, Oqqoʻrgʻon tumanidagi mavjud geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 9-oktabrdagi 05-19-17624-sonli “Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqida”gi ekspert xulosasi hamda “Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari” boʻyicha Toshkentviloyati komissiyasining 2025-yil 23-oktabrdagi 75-sonli yigʻilish bayonini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi "Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida"gi 303-sonli qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6-moddasiga muvofiq, xalq deputatlari Oqqoʻrgʻon tumani Kengashi, qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi kotibi O. Mamayusupovning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi “Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari” boʻyichakomissiyasining 2025-yil 12-sentabrdagi 12-3-5127-sonli murojaatnomasi va xatga ilova qilingan Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish ekspert komissiyasining 2025-yil 9-oktabrdagi 05-19-17624-sonli “Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqida”gi ekspert xulosasiga asosan tumandagi geografik obyektlar, tumandagi koʻcha nomlari 1-ilovaga asosan tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman hokimining oʻrinbosari J. Djanikulov, Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi Oqqoʻrgʻon tumani boʻlimi (A. Inomov), Oqqoʻrgʻon tumani Statistika boʻlimi (X. Chinnibekov), tuman Yoʻllardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi (Lavozimga koʻra), tuman Obodonlashtirish boshqarmasi (X. Jumanazarov), Kadastrlar palatasi tuman boʻlimi (Sh. Andaqulov) 1 oy muddatda ushbu qarorga muvofiq, tasdiqlangan roʻyxat asosida koʻcha nomlari peshlavhalarni tegishli manzillarga oʻrnatsin, hamda oʻz ish yurituv hujjatlarini va bazalarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimligi (J. Djanikulov), tuman Adliya boʻlimi (I. Xatamov), tuman FHDYo boʻlimi, tuman IIB (I. Turgʻunov), tuman qurilish boʻlimi (O. Xabibullayev), Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali (Sh. Andaqulov), va boshqa tegishli mutasaddi davlat tashkiloti organlari tasdiqlangan aholi punktlari va koʻcha nomlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, ish yuritish hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda boshqa tegishli tadbirlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman Yoʻllardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi (Lavozimga koʻra) 1 oy muddatda mazkur qaror bilan tasdiqlangan koʻcha nomlarini oʻz tasarrufida boʻlgan va xalqaro ahamiyat ega boʻlgan yoʻllardagi axborot beruvchi yoʻl koʻrsatgichlarni oʻrnatilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror “Oqqoʻrgʻon ovozi” gazetasida rasman eʼlon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin, ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan kuchga kirishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (E. Mirzayev) hamda Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi kotibi (O. Mamayusupov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi RUSTAMOV MAMIR RAJABOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati, Oqqoʻrgʻon tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 26-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-27-11-10-133-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.