XALQ DEPUTATLARI QUYI CHIRCHIQ TUMANI KENGASHINING
Qarori
Quyi Chirchiq tumanida 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan ayrim soliqlarga qoʻllaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 6, 7-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429, 437, 445, 452-moddalari, “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Resurs soliqlari va mol-mulk soligʻini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6121-sonli Farmoni talablaridan kelib chiqib, Quyi Chirchiq tumanida 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan ayrim soliqlarga qoʻllaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni tasdiqlash maqsadida, Xalq deputatlari Quyi Chirchiq tumani Kengashi, qaror qiladi:
1. Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining qarori bilan Quyi Chirchiq tumani boʻyicha yuridik shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun soliq stavkasi 1 gektar yer uchun 43,5 mln. soʻm, jismoniy shaxslarning (bundan dehqon xoʻjaligini yuritish uchun, shuningdek, jismoniy shaxslarga berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari mustasno)1 kv.m yer uchastkalariuchun soliq stavkasi 450,8 soʻm miqdorida belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi (B. Isroilov) va tuman soliq inspeksiyasi (U. Atabayev) tomonidan yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan yer soligʻi, suv resurslari hamda yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqlari stavkalariga kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni mahalla fuqarolar yigʻinlarining iqtisodiy rivojlanganlik darajasi va kelgusi yil uchun belgilangan tuman mahalliy byudjeti prognozidan kelib chiqib, kiritilgan takliflari inobatga olinsin.
3. Quyidagilar qonunchilikda belgilangan miqdorlar doirasida:
Qishloq xoʼjaligiga moʼljallanmagan yerlar boʼyicha tuman kesimida yer soligʼi stavkalari uchun 2026-yilda belgilangan koeffitsientlar 1- ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tuman boʻyicha 2026-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha Soliq kodeksining 445-moddasi bilan tasdiqlanadigan stavkalar oʻzgartirishsiz qoldirilsin.
5. Xalq deputatlari Quyi Chirchiq tuman Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi VII-3-011-10-140-K/24-sonli qarori 2026-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Tuman hokimligi ushbu qaror bilan 2026-yilda tuman boʻyicha yuridikva jismoniy shaxslardan undiriladigan yer soliqlari, suv resurslari hamda yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqlari boʻyicha belgilangan soliq stavkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida va tuman hokimligining rasmiy veb saytida rasmiy eʼlon qilinishini taʼminlasin.
7. Mazkur qaror ijrosining nazorati tuman hokimining birinchi oʻrinbosari K. Uskanbayev, tuman soliq inspeksiyasi (U. Atabayev) hamda Xalq deputatlari Quyi Chirchiq tumani Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohatlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (Sh. Ibashov) zimmalariga yuklatilsin.
8. Ushbu qaror 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi USMANOVA YAYRA ONGAROVNA
Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumani,
2026-yil 23-yanvar,
VII-21-4-10-140-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.