XALQ DEPUTATLARI ANGREN SHAHAR KENGASHINING
Qarori
Аngren shahrining 2026-yilgi qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi stavkalari uchun belgilangan koeffitsiyentlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni, Byudjet kodeksining 27 va 99-moddalari, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining “Toshkent viloyatining 2026-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori hamda Soliq Kodeksining 437-moddasiga asosan, Angren shahar soliq inspeksiyasi boshligʻi B. Shomirzayevning 2025-yil 18-dekabrdagi xatini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq, Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Angren shahar soliq inspeksiyasi boshligʻi B.Shomirzayevning 2025-yil 18-dekabrdagi xati maʼmumot uchun qabul qilinsin.
2. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha shahar kesimida yer soligʻi stavkalari uchun 2026-yilda belgilangan koeffitsiyentlar ilovaga asosan tasdiqlansin.
3. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʼi va mol-mulk soligʼi boʼyicha ajratmalar shahar mahalliy byudjetiga toʻliq hajmda oʻtkazilsin.
4. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Y. Naraliyev, shahar soliq inspeksiyasi boshligʻi B. Shomirzayev zimmalariga, qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari shahar Kengashining mahalliy byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi R. Abrarov zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi XOLMATOV MUROD ERKINOVICH
Toshkent viloyati, Angren shahri,
2026-yil 20-yanvar,
VII-23-1-10-148-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.