XALQ DEPUTATLARI ZANGIOTA TUMANI KENGASHINING
Qarori
Zangiota tumanida 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan ayrim soliqlarga qoʻllaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsentlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6, 7-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429, 437, 445, 452-moddalari, “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Resurs soliqlari va mol-mulk soligʻini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6121-sonli Farmoni talablaridan kelib chiqib, Zangiota tumanida 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan ayrim soliqlarga qoʻllaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsentlarni tasdiqlash maqsadida, Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi, qaror qiladi:
1. Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 2025-yil 29-dekabrgi VII-26-162-10-0-K/25-sonli qarori bilan Zangiota tumani boʻyicha yuridik shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun soliq stavkasi 1 gektar yer uchun 43,5 mln. soʻm, jismoniy shaxslarning (bundan dehqon xoʻjaligini yuritish uchun, shuningdek jismoniy shaxslarga berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari mustasno) 1 kv.m yer uchastkalari uchun soliq stavkasi 607,6 soʻm miqdorida belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (B.Raximjonov) va tuman soliq inspeksiyasi (D.Sulaymonov) tomonidan yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan yer soligʻi, suv resurslari hamda yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqlari stavkalariga kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlarni mahalla fuqarolar yigʻinlarining iqtisodiy rivojlanganlik darajasi va kelgusi yil uchun belgilangan tuman mahalliy budjeti prognozidan kelib chiqib, kiritilgan takliflari inobatga olinsin.
3. Quyidagilar qonunchilikda belgilangan miqdorlar doirasida:
tuman boʻyicha mahalalar kesimida qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlarning 1 gektariga yuridik shaxslar uchun 2026-yilda belgilangan yer soligʻining stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsientlar miqdorlari 1-ilovaga muvofiq;
tuman boʻyicha mahalalar kesimida jismoniy shaxslar uchun (bundan dehqon xoʻjaligini yuritish uchun, shuningdek jismoniy shaxslarga berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari mustasno) 2026-yilda 1 kv.m. yer uchastkalari uchun soliq stavkalariga qoʻlaniladigan koeffitsientlar miqdorlari 2-ilovaga muvofiq;
tuman boʻyicha Noruda qurilish materiallari uchun (sementdan tashqari) belgilangan qatʼiy stavkalariga qoʻllaniladigan 1,3 barobargacha oshiruvchi koeffitsientlar miqdorlari 3-ilovaga muvofiq;
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga 0,7 dan 1,3 gacha qoʻllaniladigan koeffitsientlar miqdorlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tuman boʻyicha 2026-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha Soliq kodeksining 445-moddasi bilan tasdiqlanadigan stavkalar oʻzgartirishsiz qoldirilsin.
5. Xalq deputatlari Zangiota tuman Kengashining 2025-yil 3-yanvardagi VII-4-4-10-138-K/25-sonli qarori 2026-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Tuman hokimligi ushbu qaror bilan 2026-yilda tuman boʻyicha yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan yer soliqlari, suv resurslari hamda yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqlari boʻyicha belgilangan soliq stavkalarini toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida va tuman hokimligining rasmiy veb saytida rasmiy eʼlon qilinishini taʼminlasin.
7. Mazkur qaror ijrosining nazorati tuman hokimining birinchi oʻrinbosari S. Ahadov, tuman soliq inspeksiyasi (D. Sulaymonov) hamda Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (F. Zokirov) zimmalariga yuklatilsin.
8. Ushbu qaror 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sessiyaga raislik qiluvchi RUSTAMOV ERKIN ERKAMOVICH
Toshkent viloyati, Zangiota tumani,
2026-yil 2-fevral,
VII-23-1-10-138-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.