XALQ DEPUTATLARI OLMALIQ SHAHAR KENGASHINING
Qarori
Olmaliq shahar markaziy koʻchalaridagi tadbirkorlik subyektlari bilan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun tariflarni belgilash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli Qarorining 8-bandi (a) kichik bandiga asosan Olmaliq shahar hokimi oʻrinbosari, shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi M.Moʻminovning 2026-yil 22-yanvardagi 1/24-sonli taklifi hamda Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining 2026-yil 7-fevraldagi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish, iqtisodiy islohotlar, qurilish va kommunal soha masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining xulosasidan kelib chiqib, Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi, qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli Qarorining 8-bandi (a) kichik bandi maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Olmaliq shahar markaziy koʻchalaridagi tadbirkorlik subyektlari bilan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun yagona tariflari ilovaga muvofiq maqullansin.
3. Olmaliq shahar markaziy koʻchalaridagi tadbirkorlik subyektlari bilan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun yagona tariflari ilovada keltirilgan tariflarga muvofiq 2026-yil 1-yanvardan boshlab qoʻllanilishi belgilansin.
4. Olmaliq shahar hokimining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi S. Boymirzayev,“Olmaliq hayoti”, “Алмалыкский рабочий” gazetalariga Olmaliq shahar markaziy koʻchalaridagi tadbirkorlik subyektlari bilan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun yagona tariflari 2026-yilning 1-yanvardan boshlab qoʻllanilishi yuzasidan qarorni ommaviy axborot vositalari orqali yoritilishini taʼminlasin.
5. Mazkur qaror imzolangan kundan boshlab kuchga kirishi belgilansin.
6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Kengashning Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish, iqtisodiy islohotlar, qurilish va kommunal soha masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi Z. Adilov hamda shahar hokimining oʻrinbosari — Obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi M. Moʻminov zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi KARIMOV DANIYAR DILMURATOVICH
Toshkent viloyati, Olmaliq sh.,
2026-yil 25-fevral,
VII-37-12-10-147-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.