XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING
Qarori
2026-yilda Boʻstonliq tumani boʻyicha alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini oshirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-son qaroriga asosan tuman hokimining birinchi oʻrinbosari X. Abduyusupovning axborotini tinglab, Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyaning 2026-yil 23-fevraldagi 03-01-DKB/6-sonli yigʻilish bayonini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari Boʻstonliq tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Boʻstonliq tumani hokimning birinchi oʻrinbosari X. Abduyusupovning 2026-yilda Boʻstonliq tumani boʻyicha alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini oshirish toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar” toʻgʻrisidagi PQ-387-sonli qaroriga asosan xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlariga alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini 20 foizgacha oshirish vakolati berilganligi inobatga olinsin.
3. 2026-yilda Boʻstonliq tumani boʻyicha alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari X. Abduyusupov, tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimining birinchi oʻrinbosari E. Turobov, tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi Z. Zokirov mazkur qaror ijrosini oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsinlar.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari X. Abduyusupov hamda xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (U. Aripbayev) zimmalariga yuklatilsin.
7. Mazkur qaror imzolanganidan so'ng uch oy o'tgach kuchga kiradi.
Kengash raisi BABAYEV OLIMJON ZAKIROVICH
Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani,
2026-yil 13-mart,
VII-27-17-10-136-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.