26.03.2026 yildagi 92-10-137-Q/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOSHKENT VILOYATI BOʻKA TUMANI HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻka tumani markazi hududidan oʻtuvchi umumfoydalanuvda boʻlgan avtomobil yoʻllariga yoʻl harakati qoidalarining 3.12 yoʻl belgisini oʻrnatish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻka tumani markazidan oʻtuvchi, davlat ahamiyatidagi D020 “Qorasuv-Boʻka-Bekobod” avtomobil yoʻlida transport vositalari harakat jadalligi oʻrganilganda, ushbu avtomobil yoʻli orqali yuk avtomobillari harakatlanishi oqibatida, yuk avtomobillari bilan bogʻliq yoʻl-transport hodisalari sodir etilishi oshganligi, markaziy koʻchada katta miqdordagi tirbandliklar vujudga kelayotgani, yoʻlni oʻtkazuvchanligiga jiddiy taʼsir koʻrsatayotganligi, transport vositalari qarama — qarshi harakati 1-guruh toʻsiqlar bilan ajratilmaganligi, mazkur avtomobil yoʻli orqali yengil va yuk avtomobillari harakatlanishida xavfli holatlar sodir boʻlayotganligi aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻka tumani markazida yoʻl transport hodisalari va yoʻllar bandligini oldini olish, yoʻllarni saqlash va ularni yoʻl belgilari, axborot koʻrsatkichlarini oʻrnatish, ushbu orqali yoʻl harakatini tartibga solish hamda bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-iyuldagi PQ-3127-sonli “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va Toshkent viloyati hokimligida oʻtkazilgan 2024-yil 9-oktabrdagi 1/17-4-5021-sonli yigʻilish bayonnomalari ijrosini taʼminlash maqsadida, “Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasiga va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 211-moddalariga asosan, qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent viloyati hokimligida oʻtkazilgan 2024-yil 9-oktabrdagi1/17-4-5021-sonli yigʻilish bayonnomasi maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Boʻka tuman Ichki ishlar boʻlimi boshlig`ining 2026-yil 5-fevraldagi 161-sonli va tumani Yoʻllardan foydalanish Davlat muassasasining 2026-yil 5-yanvardagi 12/01-12-sonli xatlari ijroga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Boʻka tumani yoʻllardan foydalanish Davlat muassasasi tasarrufidagi davlat ahamiyatidagi D020 “Qorasuv — Boʻka — Bekobod” avtomobil yoʻlining Boʻka tuman markazi hududidan oʻtgan qismida (33 — 37 kilometrlari oraligʻiga) og`ir turdagi (yuk vazni 8 tonnadan yuqori) yuk avtomobillari harakatlanishini cheklash boʻyicha maxsus yoʻl belgilari oʻrnatishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman avtomobil yoʻllari b oʻlimi (L. Saynazarov) ushbu yoʻllarda yoʻl harakati qoidalarining 3.12 yoʻl belgisini oʻrnatilishini taʼminlasin (bunda og`ir turdagi yuk vazni 8 tonnadan yuqori boʻlgan yuk avtomobillari harakatlanishini cheklash boʻyicha maxsus yoʻl belgilari oʻrnatilishi belgilansin).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, yoʻllarni saqlash va ularni yoʻl belgilari, axborot koʻrsatkichlari, yoʻl harakatini tartibga solishning boshqa vositalari bilan jihozlash boʻyicha oʻrnatilgan talablarga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash vazifalari topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Boʻka tumani IIB boshligʻi (A. Gʻulomov), tuman IIB YXHB boshligʻi (I. Sattorov) yuk avtomobillari taqiqlangan D020 “Qorasuv-Boʻka-Bekobod” avtomobil yoʻlining 33 — 37 kilometrlari oraligʻida oʻrnatilgan tartibda reyd tadbirlarini oʻtkazish hamda yuk avtomobillarini Boʻka tumani hududidan oʻtuvchi A-373 avtomobil yoʻli orqali harakatlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman hokimligi Axborot xizmati (R. Qosimov) va tuman YHXB (I. Sattorov) kiritilgan cheklovlar yuzasidan ommaviy axborot vositalari va rasmiy internet tarmoqlarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan soʻng kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman Ichki ishlar boʻlimi YHXB boshligʻi I. Sattorovga mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash vazifasi yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimi oʻrinbosari M. Mirxoliqov va tuman IIB boshligʻi A. Gʻulomov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻka tumani hokimi SARDOR DADAJONOVICH ISAKULOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati, Boʻka tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 26-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92-10-137-Q/26-son