XALQ DEPUTATLARI ANGREN SHAHAR KENGASHINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-387-sonli qarorining ijrosi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli Qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy byudjetlar va byudjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, byudjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 387-sonli qaroriga muvofiq, shahar Iqtisodiyot va moliya boʻlimining shahar hokimligi huzuridagi jamgʻarmalar va mahalliy byudjet qoʻshimcha manbalari mablagʻlarining boʻsh turgan qismini belgilangan tartibda auksion orqali tijorat banklarida depozitga qoʻyish hamda shahar obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan shahar markaziy koʻchalari boʻyidagi tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnoma asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatini koʻrsatishga kelishilganligi yuzasidan bildirilgan takliflarini inobatga olib, Xalq deputatlar Angren shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Angren shahar iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari J.Yuldashevning 2026-yil 6-fevraldagi 33125-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy byudjetlar va byudjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, byudjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 387-sonli qarorining 4-bandiga koʻra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab shahar hokimligi huzuridagi jamgʻarmalar va mahalliy byudjetlar qoʻshimcha manbalari mablagʻlarining boʻsh turgan qismini belgilangan tartibda auksion orqali tijorat banklarida depozitga qoʻyish hisobiga qoʻshimcha daromad topishga qaratilgan mablagʻlar yuzasidan shahar iqtisodiyot va moliya boʻlimi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar 1-ilovaga asosan kelishilganligi inobatga olinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy byudjetlar va byudjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, byudjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 387-sonli qarorining 8-bandiga asosan, 2026-yil 1-yanvardan boshlab shahar markaziy koʻchalari boʻyidagi tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnoma asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatini koʻrsatish boʻyicha shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblar 2-ilovaga asosan kelishilganligi inobatga olinsin.
4. Shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan shahar markaziy koʻchalari boʻyidagi tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilayotgan shartnomalar Oʻzbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash standartlarini aniqlash boʻyicha eksprimental tadqiqotlar va xronologik ishlarning oʻrtacha yillik natijalariga asosan belgilangan taʼriflar miqdorida kelishilsin.
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari shahar Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi R. Abrarov, shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Y. Naraliyev, shahar hokimining oʻrinbosari A. Jurabayev zimmalariga yuklatilsin.
Kengash raisi XOLMATOV MUROD ERKINOVICH
Toshkent viloyati, Angren shahri,
2026-yil 25-mart,
VII-26-30-10-148-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.