XALQ DEPUTATLARI PAXTAKOR TUMANI KENGASHINING
Qarori
2026-yilda Paxtakor tumani boʻyicha “Alkogol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkogol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini oshirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasiga muvofiq, xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 387-sonli qarori 2-xatboshi “v”-bandida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga “Alkogol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkogol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini 20 foizgacha oshirish vakolati berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Sh. Shodmonovning 2026-yil 12-fevraldagi 02-24-sonli, tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi B. Nurmuradov 2026-yil 9-fevraldagi 02-01-58-sonli hamda Oʻzbekiston Respublikasi raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasining 2026-yil 13-martdagi 04-01/08-1118-sonli hulosa xatlari inobatga olinsin.
3. 2026-yil uchun Paxtakor tumani hududida “Alkogol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkogol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Sh.Shodmonov, tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi (A. Uzaqov), tuman soliq inspeksiyasi (B. Nurmuradov)lar bilan birgalikda mazkur qaror oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
5. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar” masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi Z. Jumaboyev zimmasiga yuklatilsin.
6. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan uch oy oʻtib kuchga kiradi.
Kengash raisi SUVANQULOV SHOHHASAN MUHAMMAD OʻGʻLI
Jizzax viloyati, Paxtakor tumani,
2026-yil 18-mart,
VII-24-29-3-52-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.