Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.04.2026 18.03.2026 yildagi VII-17-43-3-43-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.04.2026
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI ARNASOY TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari tuman Kengashining 2025-yil 1-maydagi “Arnasoy tumani boʻyicha 2025-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-7-85-3-43-K/25-sonli qarorining ilovasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Jizzax viloyati Xalq deputatlari Arnasoy tumani Kengashining 2026-yil 22-apreldagi VII-18-54-3-43-K/26-sonli “Arnasoy tumani boʻyicha 2026-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori hamda 2025-yil sugʻorish mavsumi uchun suv olish limitlarini qayta tasdiqlash haqida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida tumandagi bir qator fermer xoʻjaliklari tomonidan sugʻorish mavsumida limitga nisbatan ortiqcha suv hajmlaridan foydalanilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan 2151 ta isteʼmolchilarning 30,4 ming gektar sugʻoriladigan yer maydonlariga jami 156,8 mln m3 suv yetkazib berilgan boʻlib, shundan 127 ta suvdan foydalanuvchilarga sugʻorish mavsumida 34,6 mln m3 limit belgilangan boʻlsada, amalda 59,0 mln m3 suv foydalanilishi natijasida belgilangan limitdan jami 24,5 mln m3 suv oshiqcha sarflangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan 2025-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun jami 171,8 mln m3 suv limiti ajratilgan boʻlib, shundan Janubiy Mirzachoʻl Magistral kanali va markaziy chap tarmogʻidan 87,86 mln m3, LR-12 kanalidan 49,38 mln m3, PR-12-4-kanalidan 31,55 mln m3, zovur suvlaridan 3,0 mln m3 suv limitlarini ajratilib, sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2025-yilda tumandagi bir qator fermer xoʻjaliklari tomonidan sugʻorish mavsumida limitga nisbatan ortiqcha suv hajmlaridan foydalanilganligi sababli xalq deputatlari tuman Kengashining 2025-yil 1-maydagi “Arnasoy tumani boʻyicha 2025-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-7-85-3-43-K/25-sonli qarorining ilovasiga oʻzgartirish kiritish boʻyicha “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi rahbari X. Eshonqulovning taklifi maʼqullansin va ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi (X. Eshonqulov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobotlarni oʻz vaqtida berib borish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qaror rasmiy nashrlarda eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror “Аrnasoy tongi” gazetasida rasman eʼlon qilinsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman Kengashining agrar, suv xoʻjaligi, ekologiya hamda sanoat, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat koʻrsatish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi va tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari X. Suyarov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi BAYANASOV BOBIR OCHILOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati, Arnasoy tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 18-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-17-43-3-43-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.